Aeronomiya
Aeronomiya (aero… va yunoncha nomos – qonun) – atmosferaning yuqori qatlamlarini oʻrganuvchi fan. Aeronomiyadagi ilmiy tadqiqot usullariga: raketalar va sunʼiy yoʻldoshlar yordamida atmosferani zondlash, radiotoʻlqinlarning tarqalishini kuzatish, spektral analiz (tahlil) kiradi. Yuqori atmosfera dengiz sathidan bir necha oʻn km dan boshlanib, Yerning bir necha radiusichalik balandlikkacha davom etadi. Pastki atmosfera. bilan yuqori atmosfera orasida aniq chegara yoʻq. Yuqori atmosferada Quyosh nurlari taʼsirida dissotsiatsiya va ionizatsiya jarayonlari sodir boʻladi. 400-500 km balandlikdan boshlab atm. kislorod va azot atomlaridan iborat. Yuqori atmosferaning 50-70 km balandlikdagi qismi isigan sohalardan tovushning qaytishini tek-shirish yoʻli bilan, 80 km balandlikkacha kumushsimon bulutlar harakatini kuzatish yoʻli bilan, 1000 km gacha qismi qutb shafaklarini oʻrganish yoʻli bilan, bir necha ming km balandlikdagi qismi chaqmoqlarning radiotoʻlqinlar tarqalishiga taʼsirini aniqlash yoʻli bilan oʻrganiladi. Aeronomik masalalarni hal etishda spektral tahlil (analiz) muhim vosita hisoblanadi. Yerning sunʼiy yoʻldoshlari va raketalar yordamida olingan maʼlumotlar yuqori atmosferada kuchli ionlashgan qatlamlar yoʻqligini koʻrsatdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |