Aerozolterapiya
Aerozolterapiya — biologik faol kukun dorilarni aerozol holida, yaʼni maxsus purkagich yordamida kuchli havo oqimi bilan purkab, nafas oldirib davolash; asosan bemorning nafas yoʻllariga, organizmning turli boʻshliqlariga yoki tananing shikastlangan joylariga purkaladi. Bunda nafas yoʻllarida dori yetarli konsentrasiyada toʻplanadi. Nafas aʼzolari kasalliklari (surunkali bronxit, bronxoektaziya, oʻpka, shuningdek bronx sili va boshqalar)da qoʻllanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |