Afalina, qora delfin (Tursiops trunsotus) — kitsimonlar turkumi del-finlar oilasining bir turi. Uzunligi 3,9 m, ogʻirligi 280 kg gacha;xdanasining orqa tomoni qora, qorin tomoni oq. Moʻ’tadil va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Qora, Boltiq va Uzoq Sharq dengizlarida ham yashaydi. Oʻtroq hayot kechiradi yoki kichik tuda boʻlib koʻchib yuradi. Baliqlar, mollyuskalar va boshqa suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Homiladorlik davri 11 oy, tugʻilgan bolasining uz. 1-1,2 m, ogʻirligi 14-16 kg, 5-6 oy emizadi. A. okeanariumlarda boqiladi, qoʻlga tez oʻrganadi, tutqinlikda ham koʻpayaveradi. Uni turli harakatlarni bajarishga oson oʻrgatish mumkin. Gavay okeanariumida A. bilan taroqtishli delfin (Steno bredanensis) chatishtirilib urugʻlararo gibrid olingan. Yaponiya delfinariyalarida A.ning kulrang delfin va kasat-kalar bilan gibridlari olingan. Qora dengiz A.si muhofaza qilinadi, uni ovlash 1966-yildan boshlab man etilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil