Afrika taraqqiyot banki (African Development Bank) — Afrika mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturla-rini kredit bilan taʼminlaydigan dav-latlararo mintaqaviy bank. 1963-yilda tashkil etilgan. 1967-yildan boshlab faoliyat olib boradi. Boshqaruvi Abid-jon shahrida (Kot-d’Ivuar Respublikasi). Unga Afrikaning 50 mamlakati, boshqa mintaqalardan 25 mamlakat aʼzo (shu jumladan Yugoslaviya, Xitoy). 1980-yillar oxirida ustav kapitali 6,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi, uning 2/3 qismi Afrika davlatlariga tegishli. Ikki filiali bor (Afrika taraqqiyot fondi va Nigeriya trast fondi). Kreditlarning yarmidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligi va infra-tuzilmalarga yoʻnaltiriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil