Afruza Hamdamova

oʻzbekistonlik shaxmatchi

Hamdamova Afroʻza (2009-yil 25-fevral, Sariosiyo tumanida tugʻilgan) – Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollari terma jamoasi aʼzosi[1], bir necha karra Jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempioni, ayollar FIDE ustasi[2][3].

Hamdamova Afroʻza
Hamdamova Afroʻza Akbarovna
Tugʻilgan sanasi: 25-fevral 2009-yil
Tugʻilgan joyi: Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani
Unvoni: WFM
Maksimal reytingi: 2327
Hozirgi reytingi : 2327
Mukofotlari:

'

Faoliyati tahrir

Afroʻza Hamdamova 4 yoshidan shaxmatni oʻrgana boshlagan. 5 yoshga toʻlganda turli xil musobaqalarda ishtirok etishni boshlagan. Shu bilan birgalikda u Butunjahon 44-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi safida ishtirok etdi va Paragvay terma jamoasi bilan boʻlgan bahsda qarshi jamoa vakilini 3:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Kelajak bunyodkori medali bilan taqdirlangan[4]. 2023-yil noyabr oyida Italiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Afroʻza Hamdamova 14-yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida birinchilikni qoʻlga kiritdi[5]. Bu natija bilan u Oʻzbekiston tarixida jahon chempionatida gʻolib boʻlgan birinchi ayol shaxmatchi sifatida mamlakat shaxmat tarixiga kirdi. Eng qizigʻi musobaqaning birinchi turida viza masalasi tufayli qatnasholmagan Hamdamova musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganida barcha bahslarda gʻalaba qozongan holda chempionlikni rasmiylashtirdi. 2023-yil 26-noyabr sanasida Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva yosh chempionni shaxsan kutib oldi[6].

Manbalar tahrir

  1. „365Chess.com“.
  2. „International Chess Federation“.
  3. „Asian Continental 2023 R5: Mary Ann joins Divya at the top“.
  4. Prezident shaxmatchilarni mukofotladi
  5. „Афруза Хамдамова стала первой чемпионкой мира по шахматам в истории Узбекистана“ (2023-yil 24-noyabr). 2023-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Afruza Hamdamova tantanali kutib olindi, qaraldi: 2023-11-27