Afshin (qoʻshiqchi)
Afshin Jafariy (inglizcha: Afshin Jafari, fors. افشین; tugʻilgan 6-may, 1978-yil; Babol, Eron) — kelib chiqishi erondan boʻlgan Olmoniyalik qoʻshiqchisi. Fors tilida kuylaydigan eng mashhur pop-yulduzlardan biri. Muxlislarga «Afshin» taxallusi bilan yaxshi tanish.
Afshin Jafariy | ||
---|---|---|
Maʼlumot | ||
Taxallusi | "Afshin" | |
Tavallud topgan sanasi va joyi | 6.05.1978, Eron, Babol | |
Yo'nalishi | Pop, xip-xop | |
Kasbi | qoʻshiqchi | |
Faoliyat yillari | 1995 — hozirgacha |
Biografiyasi
tahrirAfshin Jafariy 1978-yilning 6-may kuni Eronning Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Babol shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va qoʻshiq kuylashga qiziqgan. Oʻn yoshida gitarada oʻynashni oʻtganib oʻzi sherlar yozgan[1]. 1995-yilda, Afshin 17 yoshida oilasi bilan Olmoniyaga koʻchib ketgan va Mangeym shahrida yashay boshlagan.
Yoshligida mahalliy eronlik muxojirlar orasida qoʻshiqlar kuylagan. Bir necha yildan soʻng, Afshin 21 yoshga toʻlganida, u «ParsVideo» studiyasi bilan shartnoma imzolaydi. Asosan pop, xip-xop va rep janrlarida kuylaydi[2].
Kichik vaqt ichida Afshin fors tilida kuylaydigan eng mashhur qoʻshiqchilardan biriga aylanadi va dunyoning koʻplab davlatlarida konsert berib keladi. Jumladan: Olmoniya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Turkiya, Tojikiston shular jumlasidandir.
Albomlari
tahrirYil | Original nomi | Oʻzbekcha tarjimasi |
---|---|---|
1999 | Booye Baroon | Yomgʻir hidi |
2002 | Setareh | Yulduz |
2003 | Aso Pas | Aso Pas |
2005 | Maach | Oy |
2008 | The Song For X | X (iks) qoʻshiq |
2013 | Ghaire Ghanooni | Gʻayriqonuniy |
Manbalar
tahrir- ↑ TNews.ir: بیوگرافی افشین جعفری, 2014-10-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-29
- ↑ RadioJavan: Afshin (песни и клипы)