Afsonaviy qiz
"Afsonaviy qiz" — 1980-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikki qismli sovet badiiy telefilmi sanaladi.[1]
Afsonaviy qiz | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Georgiy Bzarov |
Ssenariynavis(lar) | Artur Makarov |
Bastakor(lar) | Rumil Vildanov |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Mamlakat | OʻzSSR |
Til | ruscha |
Filmning qisqacha mazmuni
tahrirFuqarolar urushi qahramoni Mayna Hasanovaning ayanchli taqdiri xususida.
Mayna shoʻx, shaddod va jasur qiz boʻladi va Buxoroda dunyoga keladi. Otasi ovchilik bilan shugʻullanadigan boʻladi. Mayna otasining uyida emin-erkin voyaga yetadi. Otasi vafot etgach, bechora qiz shariatning shafqatsiz qonunlariga koʻra, uni zoʻrlab Buxoro amirining eng badjahl amaldori Said Valixon haramiga yuborishadi. Oʻsha mahalda Mayna Hasanova 16 yoshda edi.
Magʻrur va hech narsadan tap tortmaydigan Mayna Hasanova amaldor xonadonida choʻri boʻlishni istamaydi. Johil erning tepkisi sabab homilasidan ajrashi, xoʻrligu azoblarga dosh berolmay erini otib oʻldiradi Shundan keyin u ozodlik yoʻlini tanlab, inqilobchilar safiga qoʻshiladi. U yerda Mayna boy va bosmachilarga qarshi isyon koʻtaradi. U Qizil armiya safiga qoʻshilgan birinchi oʻzbek ayoli edi. Mayna oddiy askarlikdan razvedkachi otliq askarlar bataloni komandiri darajasigacha koʻtariladi. Ammo oxir-oqibat bosmachilar tomonidan ikki qoʻli, koʻkragi, tili kesib olinib, vahshiylarcha oʻldiriladi. Ona vatan uchun koʻrsatgan jasorati uchun Mayna Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi.
Rollarda
tahrir- Shoira Tursunboyeva — Mayna Hasanova
- Hamza Umarov — Abdukarim
- Javlon Hamroyev — Madyarov
- Yuriy Nazarov — Ivan Shuvalov
- Quatboy Abduraimov — Valixon
- Muhammad Rafiqov — Usmonbek
- Rustam Toʻrayev — Abdulla
- Nazrulloh Soibov — Zamon
- Rashid Malikov — Abdulvahob
- Jamol Hoshimov — Nigʻmat
- Xabibulla Karimov — Boitbek
- Yahyo Fayzullayev — Xabib
- Sharif Kabulov — Qobil
- Baxtiyor Ixtiyorov — Hakim
- Oʻktam Luqmonova — Fotima
- Fedor Kotelnikov — Aleksandr Zelenchuk
- Xabib Narimonov — Hasan ovchi, Maynaning otasi
- Zikir Muhamedjonov — Maynaning amakisi
- Razzoq Hamroyev — Murod Mirzo
- Vladimir Soshalskiy — amir elchisi
- Baxtiyor Qosimov — Usmonbekning xabarchisi
- Roman Xomyatov — Mixail Frunze
- Vladimir Proxorov — kapitan
- Evgeniy Krasavsev — Ermolayev, kazak
- Sagʻdi Tabibullayev — uy egasi
Manbalar
tahrir- ↑ DYeVUShKA IZ LYeGYeNDI (1980) Kino-teatr.ru