Vikipediyada ismi Javlon va familiyasi Hamroyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Javlon Razzoqovich Hamroyev (1934.10.7, Namangan – 1997.18.10, Toshkent) – oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Razzoq Hamroyevning oʻgʻli.

Hayoti

tahrir

Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). 1962—97 yillar „Oʻzbek-film“ qoshidagi „Kinoaktyor studiyasi“da aktyor. 40 dan ortiq filmda suratga tushgan: Shofyor („Vijdon amri bilan“), Farhod („Farhodning jaso-rati“), Anvar („26-otilmasin“), Mat-qovul („Olovli yoʻllar“), Qaroqchi („Alibobo va qirq qaroqchi“), Arslo-nov („Jazirama quyosh ostida“) va boshqa Kuchli dramatizm, psixologik teranlik, davr qaramaqarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdod, fikr va hissiyotlar toʻlqini Hamroyev ijodiga xos[1].

Manbalar

tahrir
  1.   „Javlon Hamroyev“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (J-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.