Aftalar (yun. aptha — yara) — ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining kasalligi. Bunda koʻpincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yalligʻlangan yarachalar paydo boʻladi. Ular ogʻrib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, 801koʻz va jinsiy aʼzolar shilliq qavatida ham A. uchrab turadi. A. baʼzan isitma, limfa bezlarining shishib ogʻrishi bilan oʻtadigan mustaqil kasallik yoki chil-lashir kabi meʼda-ichak kasalliklarining asorati hisoblanadi. A.ning kelib chiqishi, kechishi va boshqa xususiyatlarga koʻra bir necha turlari farq qilinadi. Sto-matit A.ning qayta-qayta qoʻzgʻaydigan alohida turidir. Davosi: achchiq, shoʻr, nordon ta-omlar yeyish, spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Sutli hamda muloyim ovqatlar buyuriladi, shifokor tavsiya qilgan dori eritmasi bilan ogʻiz chayiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil