Afzalbojlar, bojxona tarifi preferensiyalari — bir yoki bir necha davlatning tovar importi uchun eng qulay sharoitlar yaratish maqsadlarida belgilangan bojxona bojlari. Shu mamlakatlarning jami yoki ayrim tovarlari turi uchun qoʻllanadi. Davlatlar oʻrtasida oʻzaro yoki bir tomonlama tartibda joriy etiladi. Kam rivojlangan mamlakatlardan import qilingan tovarlardan umuman boj undirilmasligi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 27-avgust qabul qilingan „Boj tarifi toʻgʻrisida“ Qonunida Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosa-batlarni amalgi oshirishida Oʻzbekiston Respublikasi bilan birga erkin savdo zonasi yoki bojxona ittifoqiik tashkil qilgan yoxud shunday zona yoki it-tifoq tuzish maqsadini koʻzlovchi bitimni im-zolagan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga, Oʻzbekiston Respublikasi milliy preferensiya tizimidan foydalanuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan boj toʻlashdan ozod qilish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferensial tartibda tovar olib kirish (olib chiqish)ga tarif kvotalari belgilash kabi preferensiyalarga yoʻl qoʻyilishi koʻrsatilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil