Afzalxon Xattak (16871748) — afgʻon tarixchisi va shoiri. Xattaklar avlodidan. Pushtu tilida ijod etgan. Xushholxon Xattakning nabirasi. Ota-si Ashrafxon Hijriy vafotidan keyin xattaklar xonligiga boshliq qilib tay-inlangan. Oʻzining "Tarixi murassa’" ("Javohirdek moʻ’tabar tarix") asarida xattaklar qabilasi tarixini yoritgan. Unda afgʻon qabilalariga oid koʻpgina ma’lumotlar bor. Uning she’rlari yetib kelmagan. A. X. "Kalila va Dimna"ni pushtu tiliga tarjima kalgan va unga oʻzining ba’zi baytlarini kiritgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil