Agar-agar
Agar-agar — ayrim dengizlarning qizil va qoʻngʻir rangli oʻsimliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan shilimshiq modda. Tarkibida 50 — 80% gacha agaroza boʻladi. Agaroza bilan birga Agar-agar tarkibiga nordon polisaharid fraksiya — „agaropektin“ ham kiradi. Agar-agar sovuq suvda deyarli erimaydi, qaynoq suvda yaxshi eriydi. 0,5 — 1,5% li suvli eritmalari 32 — 39° gacha sovitilganda 85° da eruvchi mustahkam gellar hosil qiladi. Agar-agar mikrobiologiyada mikroorganizmlarni oʻstirish uchun oziqli muhit sifatida, shuningdek oziq-ovqat, qandolatchilik sanoatida, dori tayyorlashda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |