Ager publikus (lot. Ager publicus — jamoat yeri) — qad. Rimdagi davlat yer jamgarmasi; rimliklar tomonidan boʻysundirilgan joylardagi yerlar. Undan foydalanishning turli usullari boʻlgan; koʻp qismini patritsiylar egallab olib, oʻz xususiy mulkiga aylan-tirgan. Llebeylariyant patritsiylarga qarshi kurashining birdan-bir sababi ham Ager publikus ni qayta boʻlish va undan foydalanish masalasi edi. Bunday kurash bir qancha agrar qonunlar (mas, Litsiniy Sekstiy va Grakxlar qonunlari)ni vu-judga keltirdi. Imperiya davrida jamoa yerlari qolmadi, viloyatdagi hamma yerlar davlat hisobiga oʻtdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil