Agonik chiziqlar — Yer shari ustida yer magnit maydonining ogʻish burchagi nolga teng boʻlgan va yer magnetizmi kuchining gorizontal tashkil etuvchisi aynan shimoldan janubga yoʻnalgan nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlar. Shimoliy magnit qutbidan boshlanadigan Agonik chiziqlardan biri Kanadani, AQShni va Janubiy Amerikani kesib oʻtadi, boshqasi Finlandiya, Rossiya Federatsiyasi ,Yevropa qismining sharqidan, Arabiston, Xitoy, Yaponiya, Sumatra orollari hamda Gʻarbiy Avstraliyadan Janubiy magnit qutbiga yoʻnalgan. Agonik chiziqlar yer magnit maydonining oʻrta holatdan chetlanishini koʻrsatadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil