Agorafobiya – atrof-muhitdan, insonlar bilan o‘zaro aloqadan qo‘rqish kasalligi. U bilan kasallangan insonlar ko‘pincha ruhiy depressiyaga yuz kelishadi. Kasallik ayniqsa o‘smirlarda ko‘p uchraydi. Bu kasallikning asosiy alomati odamlar to‘plangan markazlardan qochish va o‘zi xavfsiz deb bilgan joyda qolishni afzal ko‘rish.