Klaustrofobiya

tor yoki masofa cheklangan joylardan qoʻrqish kasalligi

Klaustrofobiya bu tor yoki masofa cheklangan joylardan qoʻrqish kasalligidir. Ushbu kasallik koʻplab vaziyatlar, jumladan, liftlar (ayniqsa sigʻimga toʻlib ketganda) derazasiz xonalar hamda eshiklari va derazalari yopiq boʻlgan xonalarda qoʻzgʻalishi mumkin. Hattoki, tashqi tomondan qulflangan xonalar, nisbatan kichikroq mashinalar hamda boʻyinbogʻli kiyimlar ham klaustrofobiya bilan ogʻrigan odamlarda kasallik uygʻonishiga sabab boʻlishi mumkin. Odatda, klaustrofobiya xavotirlanish va besaramjonlik yuzaga kelishi orqali tasniflanadi. Bu koʻpincha vahima hurujlariga olib keladi. Klaustrofobiya paydo boʻlishi koʻplab omillar, jumladan, amigdala hajmining qisqarishi va klassik konditsionerlik bilan ham bogʻliqdir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, dunyo aholisining 5-10 % foiz qismi ogʻir klaustrofobiya holatidan aziyat chekadi. Ammo klaustofoblarning faqat maʼlum bir kichik qismi kasallikka qarshi qandaydir davolanish chorasini koʻrishadi. Klaustrofobiya atamasi lotincha klaustrum — „berk makon“ va yunoncha φόβος (phóbos, „qoʻrquv“) soʻzlaridan kelib chiqqan.

Belgilar

tahrir

Klaustrofobiya ruhiy va xulq-atvor buzilishi hisoblanadi. Fobiyaning ushbu turi "vahima xuruj qilishi" omili sifatida paydo boʻladi. Kasallik belgilari, odatda, bolalik yoki oʻsmirlik davrida rivojlanadi. Klaustrofobiya, asosan, yagona — asosiy alomatga ega deb hisoblanadi. Ushbu sabab — "boʻgʻilish qoʻrquvi"dir. Quyidagi joylardan kamida bittasida (agar bir nechta boʻlmasa): kichik xonalar, MRT yoki CAT skanerlash apparatlari, avtomobillar, avtobuslar, samolyotlar, poezdlar, tunnellar, suv osti gʻorlari, yertoʻlalar, liftlar va gʻorlarda oʻz reaksiyasini namoyish etish ehtimoli yuqoridir.

Yopiq boʻshliqda qolib ketish haqida oʻylash, toʻgʻri nafas ololmaslik va kislorod yetishmaslik holatlari klaustarobiyani keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu his-tuygʻularni qoʻzgʻatadigan omil har doim ham boʻshliq rolida emas, balki koʻproq oʻsha hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan voqealar rivojidan qoʻrqishdir. Xavotir darajasi maʼlum bir ppo miqdoriga yeta boshlaganida, odam quyidagilarni boshdan kechirishi mumkin:

  • terlash va/yoki titroq;
  • yurak urishi tezlashishi va qon bosimining koʻtarilishi
  • bosh aylanishi, hushdan ketish va qoʻrquvdan muzlab qolish
  • ogʻiz qurishi
  • giperventiliya (tez-tez nafas olish)
  • titroq bosishi yoki/va oshqozonda „boʻshliq“ hissi
  • koʻngil aynishi
  • bosh ogʻrigʻi
  • uyqusizlik
  • boʻgʻilish hissi
  • koʻkrak qafasidagi siqilish / koʻkrak boʻshligʻi ogʻrigʻi va nafas olish qiyinlishuvi
  • hammomdan foydalanish istagi
  • chalkashlik yoki moʻljalni aniq ololmaslik
  • zararlanish yoki kasalliklardan qoʻrqish

Sabablar

tahrir

Yopiq joylardan qoʻrqish mantiqsiz qoʻrquvdir. Derazasiz xonada oʻzini tasavvur qilgan klostrofobik (klaustrofobiyaga chalingan shaxs) odamlarning koʻpchiligi ular xavf ostida emasligini ongli ravishda bilishadi. Shunga qaramasdan, ular qoʻrquvni his qilishda davom etishadi va ularning koʻpchiligi nima uchun qoʻrqayotganliklarini, afsuski, bilishmaydi.

Amigdala

tahrir
 
Amigdala — qizil nuqtalar

Amigdala miyadagi eng kichik tuzilmalardan biri boʻlsa-da, ayni paytda u eng kuchlilardan biri hamdir. Amigdala qoʻrquvni tartibga solish hamda jang yoki parvoz paytida qoʻzgʻaluvchi reaksiyasini yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi. Berilishi kerak boʻlgan turtki qoʻrqinchli holat bilan bogʻliq boʻlsagina jang yoki parvoz holati reaksiyasi vujudga keladi.

Jang yoki parvoz reaksiyasini yaratishda amigdala quyidagi tarzda harakat qiladi: Amigdalaning ichkiyadrolari qoʻrqish jarayoni haqida signal tarqata boshlaydi. Ichki yadrolar boshqa yadrolarga impulslar joʻnatadi va ular nafas olish tezligiga, jismoniy qoʻzgʻalishga, adrenalin ajralishiga, qon bosimiga, yurak urish tezligiga, xulq-atvor oʻzgarishiga va muzlashdan himoya reaksiyalariga taʼsir qila boshlashadi. Ushbu reaksiyalar vahima hurujida "avtonomik nosozlik" holatini yuzaga keltiradi.

 
Miya sinapsi

Fumi Hayano tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi "vahima huruji"dan aziyat chekadigan bemorlarda oʻng amigdala kichikroq ekanligini koʻrsatdi. Hajmining qisqarish holati ichki yadrolar tizimiga tegishli boʻlgan kortikomedial yadro guruhi deb nomlanuvchi strukturada sodir boʻladi. Ushbu holat oʻziga xos chalkashlikni keltirib chiqaradi. Bu esa oʻz navbatida "vahima huruji" sodir boʻlgan odamlarda aversiv stimullar nisbatiga gʻayrioddiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Klostrofobik odamlarda hurujning ushbu turi "kishi oʻzini jismonan cheklangan", deb biladigan vaziyatga haddan tashqari urgʻu berib yuborishlarini anglatadi.

Klassik oʻtkazuvchi

tahrir

Klaustrofobiya xavf reaksiyasi orqali aqlning qafasga tushib qolish holati natijasida kelib chiqadi. Bu koʻpincha bolalik davridagi ruhiy travma (jarohat)lar natijasida yuzaga keladi. Kasallikning ilk davrlari inson hayotining istalgan nuqtasida boʻlishi mumkin. Bunday tajriba ongda doimiy taassurot qoldirish uchun bir necha marta (yoki faqat bir marta) sodir boʻlishi mumkin. Lars-Göran Öst tomonidan oʻtkazilgan tajribada klaustrofobiya ishtirokchilarining koʻpchiligi ularning fobiyalari "taʼsirchanlik holati natijasida orttirilgan" deya xabar berishadi. Koʻpgina hollarda, klaustrofobiya oʻtmishdagi xotiralarning natijasi boʻlib tuyuladi.

Oʻtkazilgan tajribalar

tahrir

Bolalarda (yoki kattalarda) klaustrofobiya paydo boʻlishiga olib keladigan umumiy tajribalarning bir nechta misollari quyidagilardir:

  • Bolalar (odatda kattalar) qorongʻi xonada eshikni yoki chiroqni topa olisholmaganda;
  • Bolalar quti ichida berkinib qolib ketishganda;
  • Bolalar shkafga qamalib qolishganda;
  • Bolalar suzishni bilishmasa ham chuqur hovuzga tushib qolishganda;
  • Bolalar katta olomon ichida ota-onasidan ajralib yoʻqolib qolishganda;
  • Bolalar boshini panjara orasiga kiritib koʻrishadi va keyin qaytib chiqara olishmaganda;
  • Bolalar teshikka emaklab kirib tiqilib qolishganda yoki orqaga qaytish yoʻlini topa olishmaganda;
  • Bolalar ota-onasining mashinasida, yuk mashinasida yoki furgonda qolib ketishganda;
  • Bolalar gavjum joylarda (sinf xonasi, yertoʻla va boshqalar) derazasiz va boshqa odamlar bilan uchrashib qolgan yoki u yrda jazo vositasi sifatida qoʻyilgan holda boʻlishganda.

Baʼzi olimlarning fikrlariga koʻra, "oʻtmishdagi tajribalar" atamasi tugʻilish paytiga qadar qoʻllanishi mumkin. Jon A. Speyrerning "Klaustrofobiya va oʻlim qoʻrquvi" asarida klaustrofobiyaning yuqori chastotasi tugʻilish travmasi bilan bogʻliq degan xulosaga keladi. Uning taʼkidlashicha, „yuqori chastotali klaustrofobiya bizning hayotimiz davomida boshdan kechirishimiz mumkin boʻlgan eng dahshatli tajribalardan biri boʻlishi mumkin.“ Aynan shu holat bilan bogʻliq ayanchli daqiqalarda, chaqaloq ushbu kasallikni oʻziga „yuqtirib oladi“.

 
MRTda bemor kolba ichiga kiritiladi.

Magnit-rezonans tomografiya (MRT) klaustrofobiyani qoʻzgʻatishi mumkin. MRT tekshiruvi tor trubka ichida bir muddat harakatsiz yotishni talab qiladi. Klaustrofobiya va MRTni oʻz ichiga olgan tadqiqotda, bemorlarning 13 foizi protsedura davomida vahima hurujini boshdan kechirganligi aniqlangan. Jarayon nafaqat „oldindan mavjud“ klaustrofobiyaning qaytalanishi, balki baʼzi odamlarda kasallikning boshlanishi bilan ham bogʻliqdir. Jarayon davomida boshdan kechirilgan vahima hurujlari odamning vaziyatga moslashuvini toʻxtatishi mumkin.

 
Kon ichidagi sharoit

S.J. Rachman yigirma bitta konchilar tajribasini keltirib, ekstremal misol haqida gapiradi. Ushbu 21 nafar konchilar 14 kun davomida yer ostida qolib ketishadi va shu vaqt mobaynida olti nafar konchi boʻgʻilishdan vafot etadi. Ular qutqarilgandan soʻng, konchilarning oʻn nafari oʻn yil davomida oʻrganiladi. Bir nafar konchidan boshqa barchaga tajriba qattiq taʼsir koʻrsatadi. Hech qanday sezilarli alomatlarni oʻzida aks ettirmagan yagona konchi ularning boshligʻi sifatida harakat qilgan.

Klaustrofobiya boshlanishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan yana bir omil bu "qabul qilingan maʼlumot"dir. Aureau Walding "Klaustrofobiya sabablari" asarida taʼkidlaganidek, koʻp odamlar, ayniqsa bolalar ota-onalari yoki tengdoshlarini kuzatib, kimdan va nimadan qoʻrqish kerakligini bilib olishadi. Bu usul nafaqat oʻqituvchini kuzatish, balki qurbonlarni kuzatish uchun ham amal qiladi. Bu kimningdir tor boʻshliqda qolib ketishi, boʻgʻilib qolishi yoki yuqorida sanab oʻtilgan boshqa misollarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Orttirilgan fobiya

tahrir

Klaustrofobiya butunlay, toʻliq, oʻrganilgan fobiya emasligini koʻrsatadigan tadqiqotlar mavjud. Bu tugʻma qoʻrquv emas, balki "orttirib olingan" qoʻrquv boʻlishi ham mumkin. Erin Gerslining "Fobiya: sabablari va davolash usullari" asarida aytganidek, odamlar oʻzlari uchun xavfli boʻlgan narsalardan qoʻrqish uchun genetik moyillikka egadirlar. Klaustrofobiya ham keng tarqalgani, erta boshlanishi, oson yuzaga kelishi va kognitiv boʻlmagan xususiyatlari tufayli ushbu toifaga kirishi mumkin. Klaustrofobiyaga ega boʻlish evolyutsiya paytida rivojlangan omon qolish mexanizmining bir qismi boʻlishi mumkin. „Omon qolish mexanizmi“ deganda, bir vaqtlar insoniyatning omon qolishi uchun muhim boʻlgan va har qanday vaqtda osongina uygʻonishi mumkin boʻlgan tuzoqqa tushish va/yoki boʻgʻilish qoʻrquvi shakli sifati nazarda tutiladi. Oʻtmishdagi dushmanlik muhiti bu kabi dasturlashtirilgan qoʻrquvni shartli refleks shakliga olib kelgan va shuning uchun inson ongi „xavfli stimullarning maʼlum sinflariga nisbatan qoʻrquvni samarali tartibga solish“ qobiliyatini rivojlantirgan boʻlishi mumkin.

Rachman oʻzining "Fobiyalar" maqolasida bu nazariyaga dalil keltiradi: U oʻz maqolasida "Fobiyalar, odatda, inson hayotiga bevosita tahdid soladigan obyektlarga taalluqlidir va bu kabi fobiyalarning aksariyati "irsiy biologik tayyorgarlik" tufayli tezda paydo boʻladi, degan bayonotga qoʻshiladi. Rachman maqolasida tushuntirganidek: "Orttirilgan fobiyalarning asosiy xususiyatlari shundaki, ular juda oson yuqtirilgan, selektiv, barqaror, biologik ahamiyatga ega va ehtimol (kognitiv boʻlmagan) omillar natijasidir". "Yuqtirilgan" va "biologik ahamiyatga ega", deganda u nafaqat shaxsning salomatligi, balki, xavfsizligi va omon qolishiga bevosita tahdid soluvchi narsalarga tegishli ekanligini nazarda tutgan. "Kognitiv boʻlmagan", jumlasining maʼnosi esa qoʻrquvlar ongsiz ravishda yuqtirib olinganini koʻrsatadi. Ikkala omil ham klaustrofobiya inson ongiga oldindan dasturlashtirilgan tayyor fobiya ekanligi haqidagi nazariyaga ishora qiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Karlson, Neil R. va boshqalar. Psixologiya: xulq-atvor fani, 7-nashr. Allyn va Bekon, Pearson. 2010-yil.
  • Cheng, Dominik T. va boshqalar. „Qoʻrquvni ifodalash paytida insonning amigdala faoliyati“. Xulq-atvor nevrologiyasi. jild. 120. Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi. 2006-yil 14-sentabr.
  • Fritscher, Liza. " Klaustrofobiya: yopiq joylardan qoʻrqish (Wayback Machine saytida 2011-07-07 sanasida arxivlangan) ". About.com. New York Times kompaniyasi. 2009-yil 21-sentabr. Veb. 2010-yil 9-sentabr.
  • Gersli, Erin. " Fobiya: sabablari va davolash usullari (Wayback Machine saytida 2011-03-08 sanasida arxivlangan) ". AllPsych jurnali. AllPsych Online. 2001-yil 17-noyabr. Veb. 2010-yil 18-sentabr.
  • Hayano, Fumi PhD. va boshqalar. "Kichikroq amigdala vahima buzilishi bilan ogʻrigan bemorlarda tashvish bilan bogʻliq ". Psixiatriya va klinik nevrologiya. jild. 63, 3-son. Yaponiya Psixiatriya va Nevrologiya Jamiyati 2009-yil 14-may.
  • Ost, Lars-Göran. „Klaustrofobiya shkalasi: psixometrik baholash“. Xulq-atvor tadqiqotlari va terapiyasi 45.5 (2007): 1053-64.
  • Rachman, SJ „Klaustrofobiya“, Fobiyada: Nazariya, tadqiqot va davolash boʻyicha qoʻllanma. John Wiley and Sons, Ltd. Baffins Lane, Chichester, Gʻarbiy Sasseks, Angliya. 1997-yil.
  • Rachman, SJ " Fobiyalar ". Education.com. Geyl guruhi. 2009-yil. Veb. 2010-yil 19-sentabr.
  • Speyrer, Jon A. " Klaustrofobiya va oʻlim qoʻrquvi ". Asosiy psixoterapiya sahifasi. N.p. 1995-yil 3-oktabr. Veb. 2010-yil 9-sentabr.
  • Torp, Syuzan, Salkovis, Pol M. va Dittner, Antoniya. „MRGda klaustrofobiya: bilimlarning roli“. Magnit-rezonans tomografiya. jild. 26, 8-son. 2008-yil 3-iyun.
  • Valding, Aureau. " Klaustrofobiya sabablari ". Livestrong.com. Livestrong fondi. 2010-yil 11-iyun. Veb. 2010-yil 18-sentabr.
  • "Klaustrofobiyaga nima sabab boʻladi? " Neyrologiya blogi. NorthShore universiteti sogʻliqni saqlash tizimi. 2009-yil 11-iyun. Veb. 2010-yil 9-sentabr.