Adrenalin
Adrenalin (lotincha: ad — yonida va renalis — buyrakka oid), epinefrin, suprarenin va unga yaqin turadigan birikma noradrenalin — voyaga yetgan sut emizuvchi hayvonlar buyrak usti bezi magʻiz qavatining asosiy gormoni pirokatexin hosilasi. Uning 1-shakli fiziologik faol, uglevodlar almashinuviga va qon aylanishi sistemasiga taʼsir qiladi. Tomirlarni toraytirib, qon bosimini oshiradi, yurak muskullarini qoʻzgʻatadi va toj tomirlarda qon aylanishini yax-shilaydi. Adrenalin jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishini kuchayti-rib, qonda glyukozami koʻpaytiradi. Shok, kollaps, bronxiol astma va boshqa kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |