Agranulotsitlar (yunoncha— inkor qoʻshimchasi va granulotsitlar) — sitoplazmasida maxsus donachalar saqlamaydigan oq qon tanachalari (leykositlar). Limfotsitlar va monotsitlarga boʻlinadi. Sogʻlom odam qonida limfositlar oq qon tanachalarining 20 — 30% ini, monotsitlar esa 6 — 8% ini tashkil qiladi (yana qarang Monotsitlar, Limfotsitlar).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil