Agregatlash — oʻzaro almashinadigan bir xil agregatlardan mashinalar yoki mashinalar majmui tuzish usuli; turli ishlarga moʻljallangan mashinalar majmuini yaratishda keng qoʻllaniladi. A. atamasi mashinalarning baʼzi yordamchi elementlari (qismlari)ni ifodalash uchun ham qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil