Agrikola Georg
Agrikola Georg (haqiqiy familiyasi Bauyer; lot. agricola – dehqon, nem. bayer so‘zining tarjimasi) (1494.24.3 – 1555.21.11) – kon va metallurgiya bo‘yicha nemis olimi (asli vrach). 1527 – 31 ylarda Yaximov shahrida (Chexiya), 1533 yildan Xemnits shahrida (Saksoniya) yashagan. A. Yevropada birinchi bo‘lib "Konchilik ishlari haqida..." (1550; 12 ki-tob, 1556 yilda nashr qilingan) asarida konchilik-metallurgiya ishlab chiqarishni jarayonlar bo‘yicha umumlashtirgan. Bu asar 18-asr gacha geol., konchilik ishlari va metallurgiya bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. A. qariyb 20 ta yangi mineralning tavsifini bergan va tashqi ko‘rinishidan aniqlash me-todini ishlab chiqqan. Metall va mine-rallarning shifobaxsh xususiyatlarini tadqiq etgan.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |