AGRO TV — Oʻzbekistondagi zamonaviy qishloq xoʻjaligini yorituvchi birinchi maxsus telekanal. Rasmiy ravishda oʻz ish faoliyatini 2022-yil 26 oktyabrda boshladi.

AGRO TV
AGRO TV telekanali
(„AGROTVMEDIA“ MChJ)

Telekanal logosi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti 24 soat
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til(lar)i Oʻzbek tili
Rus tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri, Olmazor, Yunusova koʻchasi, 1a-uy
Tasvir formati 576i 16:9 (SDTV) 1080i (HDTV)[1]
Mazmuni Qishloq xo‘jaligi
Efirga chiqqan 22-oktyabr, 202-yil(202-10-22)[2]
Rahbarlari Azizxon Nabixonov

Taʼrif'

tahrir

"AGRO TV"- O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining turli jabhalari haqida maʼlumot va taʼlim beruvchi platforma. Kanalning maqsadi qishloq xo‘jaligidagi zamonaviy tendensiya va yutuqlarni yoritish, shuningdek, tomoshabinlarga qimmatli maʼlumotlar va tajribali mutaxassislardan maslahatlar berishdir.

Dasturlar

tahrir

„AGRO TV“ telekanalida qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan turli ko‘rsatuvlar efirga uzatiladi. Bunga qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar, o‘simliklar yetishtirishning zamonaviy usullari, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi texnologiyasi, shuningdek, O‘zbekistonda agrobiznesni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturlar kiradi. Tomoshabinlar tajribali mutaxassislardan foydali maʼlumotlar, maslahatlar olishlari mumkin, bu kanalni fermerlar, bog‘bonlar va qishloq xo‘jaligiga qiziquvchilar uchun qimmatli manba hisoblanadi.

Ahamiyat

tahrir

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda „AGRO TV“ muhim o‘rin tutadi. Bu butun mamlakat bo‘ylab fermerlar o‘rtasida axborot va tajriba almashishni osonlashtiradi, sohadagi ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni ommalashtirishga yordam beradi. Telekanal O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bilim va malaka oshirishga katta hissa qo‘shmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
  2. „Oʻzbekistonda yangi telekanal ish boshladi“. 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.

Havolalar

tahrir