Olmazor (1963-yilgacha — Vrevskiy) — Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi shaharcha (1937-yildan). Chirchiqdaryosining oʻng sohilida. Toshkentdan 50 km jan.gʻarbda. Toshkent — Sirdaryo temir yoʻldagi stansiya. Aholisi 9,1 ming kishidan ziyod (2003). O.da 13 tashkilot va korxona bor, shulardan, qurilish materiallari kombinati, gʻisht zavodi, mebel fabrikasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 2 umumiy taʼlim maktabi, 2 kutubxona, klub, kasalxona, 3 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil