Agrobiznes — bozor iqtisodiyotining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, sotish, saqlash, taqsimlash bilan bogʻliq sohasi. Bu atamani birinchi marta 1957-yilda amerikalik tadqiqotchilar (J. X. Devis, G. A. Goldberg va boshqalar) qoʻllagan. Tarkibi, maqsadi jihatidan asosan agrosanoat majmuiga toʻgʻri keladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil