Agrokimyoviy haritagramma — tuproqning oʻsimliklar oziqlanadigan elementlar bilan taʼmin-langanlik darajasini ifodalovchi xarita-sxema. Agrokimyoviy xaritagramma tuzishda tuproqlar tarkibidagi oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shakldagi fosfor va kaliy, mikroelementlar va boshqa miqdoriga koʻra 5 161guruhga ajratiladi (azotni aniqlash kam qoʻllaniladi). Agrokimyoviy xaritagramma tuzish uchun maydoni 5 — 20 ga li raqamlangan maydonlardan olingan aralash tuproq namunalari tahlili natijalaridan foydalaniladi. Namuna haydalma qatlamning 20 joyidan (diagonali yoki oʻqi boʻyicha) 300 — 400 g miqdorda olinadi. Ayni paytda haydalma qatlam ostidan (30 — 40 sm chuqurlikdan) olingan alohida tuproq namunalari gʻam oʻrganiladi. Barcha ara-lash tuproq namunalaridagi harakatchan fosfor va kaliy miqdori aniqlanadi. Taxlil natijalariga qarab Agrokimyoviy xaritagrammalar tu-ziladi. Haritaga tushuntirish tuziladi, xoʻjalik haqidagi maʼlumotlar, agroki-myoviy tekshirish natijalari, mineral oʻgʻitlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar beriladi. Respublika „Oʻzdaverloyiha“ instituti beradigan xoʻjaliklarning yerlaridan foydalanish tarxlari Agrokimyoviy xaritagrammalar tuzish uchun xaritagrafik asos boʻlib xizmat qiladi. Ularning masshtabi sugʻoriladigan yerlar uchun 1:10000, lal-mi yerlar uchun 1:25000. Ilmiy tavsiyalarga koʻra har 5 yilda tuproqning agro-nomik holati tekshiriladi va yangi Agrokimyoviy xaritagramma tuziladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil