Agrometeorologik omillar — oʻsimlikning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadigan va uning hosildorligini baholashga imkon be-radigan omillar (oʻrtacha sutkalik havo harorati, havoning namlik miqdori, shamolning tezligi, quyosh radiatsiyasi, tuproq harorati, qorasovuq va hokazo). Odatda Agrometeorologik omillar asosiy va ikkinchi darajali turlarga boʻlinadi. Masalan, harorat vege-tatsion davrda past boʻlsa, hosil pishib yetilmaydi va shu sababli u asosiy omil hisoblanadi. Shamol taʼsirida oʻsimlik qisman nobud boʻlishi mumkin, lekin asosiy omil yetarli boʻlsa, hosil pishib yetiladi. Agrometeorologik omillarni baholashda omillarning oʻrnini toʻldirib bulmaslik qonuniga amal kilinadi (qarang Dehqonchilikning asosiy qonunlari).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil