Agrometeorologik yilnoma — muayyan hududdagi agromete-orologik stansiya va postlarning kuzatish natijalari jamlangan yillik maʼlumotlar toʻplami. Koʻpgina mamlakatlarda gidrometeorologiya boshqarmalari tomonidan nashr qilinadi. Agrometeorologik yilnomada tuproq haydalma qatlamining bahor va qish fasllaridagi harorati, kuz-gi ekinlar eqilgan maydonlardagi qor qoplamining qalinligi, ekin eqilgan maydonlarda tuproqning namlanish da-rajasi, qishloq xoʻjaligi ekinlari rivojlanishining asosiy davrlari boshlanadigan kunlar, kuzatish maydonchalaridagi agrotexnika, olingan hosil haqidagi maʼlumotlar va boshqa jadval koʻrinishida beriladi. Agrometeorologik yilnomada ayrim umumiy meteorologik maʼlumotlar: oʻrtacha oʻn kunlik havo harorati, 5, 10 va 15° dan yuqori boʻlgan samara-dor haroratlar yigʻindisi, qish fasli va vegetatsiya davridagi meteorologik sharoitlar tavsifi, jumladan noqulay ob-havo hodisalari haqida maʼlumotlar ham keltiriladi. Bundan tashqari Agrometeorologik yilnoma yilning agrometeorologik sharoiti haqidagi qisqa sharhni ham oʻz ichiga oladi. Asosiy meteorologik maʼlumotlar oylik agrometeorologik toʻplamlarda ham nashr etiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil