Ahiyi Hiraviy
Ahiyi Hiraviy (15-asr) — hirotlik xushovoz hofiz, mashhur bastakor, ustoz. A. Jomiyning „Qaytadan dilimga tushdi, shunday zoʻr ishqu muhabbat“ matlali sheʼri bilan oʻqiladigan turkiy zarb usulidagi Rosta panjgoh singari asarlarning musannifi. Ubaydullaxon Hirotni ishgʻol etgach, A. H.ni Buxoroga olib ketgan. Ahiyi Hiraviy Buxoroda shuhrat qozongan. Hofiz Ushshoqiy, Boboyi Changiy Buxoriy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, Darvish Maqsud Andijoniy, Hofiz Miroqiy Buxoriy, Hofiz Boqiy Roʻdiy kabi dongdor sanʼatkorlarni tarbiya-lab yetishtirgan. Ahiyi Hiraviy Zarbul-fathusuli (Iroqmaqomi yoʻli)dagi ikkita musiqa asarlarini mashhur bastakorlar Xoja Bobo bilan Xoja Hamzaga bagʻishlagan. Zamonasining mashhur musiqashunosi Darvishali Changiy Ahiyi Hiraviydan koʻp naqshlar bilan savtlar qolganligini taʼkidlagan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |