Mavlono Muhammad Ahliy Sheroziy (1454 – Sheroz – 1535) – fors-tojik shoiri. Yoshligida Hirotga kelib, bir muddat Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilgan. Undan 6 ming bayt hajmdagi bir devon meros qolgan boʻlib, oʻz ichiga qasida, gʻazal, muxammas, tarkibband, tarjiʼband, mustazod, qitʼa janridagi namunalarni jamlagan. Bundan tashqari, “Sham va parvona” nomli masnaviysi, ruboiylardan iborat “Zubdat ul-axloq” asari, 120 ruboiy asosida yozilgan soqiynomasi mavjud. Kotibiyning zul-qofiyatayn va zul-bahrayn sanʼatlari asosida yaratilgan “Majmaʼ ul-bahrayn” asariga javoban “Sehri halol” masnaviysini yaratgan. Salmon Sovajiyning masnuʼ qasidasiga bogʻlagan nazirasi boshdan-oyoq Alisher Navoiyga bagʻishlangan. “Majolis un-nafois”da Ahliy Sheroziy oʻz sheʼrlarini muntazam Navoiy nazaridan oʻtkazib turgani aytilgan. Hofiz Sheroziy qabri yoniga dafn etilgan.

Ahliy Sheroziy mohir mashshoq va bastakor ham boʻlib, undan koʻp kuy meros qolgan. “Rosti panjgoh” ana shular jumlasidan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Majolis un-nafois”.