Hofiz Sheroziy

buyuk fors shoiri

Xoja Hofiz Sheroziy (taxallusi; asl ismi: Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad) (1326 - Sheroz - 1389) — buyuk fors shoiri[1].

Hofiz Sheroziy
Asl ismi حافظ شیرازی
Tavalludi 1326-yil
Vafoti 1389-yil
Ijod qilgan tillari Fors tili, Tojik tili va Arab tili
Fuqaroligi Muzaffariylar davlati va Temuriylar imperiyasi
Janr gʻazal

Hayoti

tahrir

Otasi bevaqt olamdan oʻtgach, Hofiz tirikchilik uchun novvoylik bilan shugʻullangan. Zehni oʻtkir boʻlganligidan tez orada fiqh, hadis, arab tili va adabiyoti, Qurʼoni karim va uning tafsirini mukammal oʻzlashtirgan. U, xususan, Qurʼon qiroatida yuksak mahoratga erishib, uni 14 usulda tilovat qilgan. Maʼraka-yig'inlarda Qurʼonni, qissaxonlik kechalarida xalq kitoblarini yoqimli ovozda oʻqib berib, roʻzgʻor tebratgan. Shuning uchun ham uni "hofiz" deb ulugʻlashgan va bu nom keyinchaliK shoirning adabiy taxallusiga aylanib ketgan. Yaxshi xattot ham boʻlgan. Turli kitoblarni koʻchirgan, Qurʼonni kitobat qilgan (Xusrav Dehlaviyning "Xamsa"sidan Hofiz koʻchirgan 2—4-dostonning qoʻlyozma nusxalari (1355) hozirgi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №2179) saqlanadi). Hofiz vaqt-vaqti bilan shohlar saroyida xizmat qilgan. Shoh Shujoʼ Muzaffariyning (1358—84) taxtga chiqishini qutlagan, Shoh Mansurni (1388—92) uluglab, unga 6 gʻazal, 1 qasida hamda soqiynoma bagʻishlagan, lekin hayoti hamisha yoʻqchilikda oʻtgan. Baʼzi asarlarida oʻzining quvgʻinga uchraganini yozgan.

Adabiy merosi bitta lirik sheʼrlar devonidan iborat. "Devon"ni sherozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom (14-asr oxiri — 15-asr boshlari) tuzgan va u 19-asrda Yevropada nashr etilgan boshqa nusxalar uchun asos boʻlgan.

 
Sherozdagi Hofiz maqbarasi

Hofiz bir umr Sherozda yashagan. 14-asrning 70-yillari boshida qisqa muddat Isfahon va Yazdda boʻlgan. Shoirning sheʼrlari Sherozdan tashqarida ham mashhur boʻlganligidan Ban-gola hukmdori Sulton Gʻiyosiddin, Dakan podshohi Shoh Mahmud Bahmaniylar Hofizni oʻz saroylariga daʼvat qilib, sovgʻasalomlar yuborganlar. Sulton Ahmad bilan Uvays Jaloyiriy uni Bagʻdodga ham taklif qilishgan, lekin u bu taklifni rad etgan. U asosan mehnatkash va huquqsiz xalq tomonida turib, uning quvonchu tashvishlari, dardu alamlarini ota-shin misralarda kuylagani uchun yuqori tabaqalarga unchalik yoqmagan. Hofiz komil musulmon boʻlib, ijodi Qurʼoni karim va Hadisi sharif chashmasidan suv ichgan.

Hofiz moʻgʻullar hukmronligi inqirozga uchrab, mayda xonliklar oʻrtasidagi oʻzaro toju taxt talashlari avj olgan, bundan xalqning ahvoli xarob boʻlgan bir davrda yashab ijod etgan. Uning davrida Sheroz 5-marta ana shunday janglar girdobiga tortilib, oʻzi vayron, xalqi qatliom qilingan. Maʼrifatparvar va sheʼriyat muxlisi boʻlgan shayx Abuishoq Inju (1342—53) Hofizni qoʻllab, unga homiylik qilgan. Maʼshuqa taʼrif-tavsifi, visol lazzatiyu hijron hasratini tarannum etish vositasi boʻlgan gʻazalga u ijtimoiy mavzular, fal-safiy fikrmulohazalarni omuxta qilgan. Oʻz davrining siyosiy manza-ralarini, maʼnaviy qiyofasini haqqoniy gavdalantirgan. U ishq mavzuiga olam va odam dardini, jamiyat muammolarini olib kirgan. Shoir insonning orzu-intilishlari, quvonchu qaygʻusi, dardu tashvishlari, muhabbati, fikru oʻylarini avj pardalarda kuylash bilan adabiyotning asosiy obʼyekti inson ekanligini amalda isbotlagan.

Hofiz gʻazallari, avvalo, jozibali va yoqimli ohangi bilan har qanday oʻquv-chini oʻziga tortadi: hassos va isyonkor ruhi bilan uning qalbini toʻlqinlantiradi; rang-barang timsolu tashbehlari, yuksak badiiyati, keng va chuqur maʼnolari bilan aqlini band etadi. Qavat-qavat ramzu timsollar pardasiga oʻralgan sheʼrlari bir necha maʼno qirralariga ega boʻlganligi uchun ham har bir toifa uni oʻzicha talqin etadi, oʻz maqsadiga xizmat qildiradi. Chunonchi, tasavvuf olimlari Hofiz ijodini ilohiy ishq kuychisi sifatida oʻrgansalar, Gʻarb va shoʻro adabiyotshunoslari dunyoviy nuqtai nazardan tahlil etadilar. Aslida shoir ijodida ilohiylik va dunyoviylik ajoyib bir tarzda uygʻunlashib ketgan. U yeru koʻkning yaratuvchisi boʻlmish Allohni taʼrif-tavsif etish, unga boʻlgan hassos muhabbatini kuylash bilan birga, inson haqida ham fikr yuritadi. Hofiz devoni madrasalarda maxsus darsliklar qatorida oʻqitilgan. Hofiz sheʼrlari tabiiyligi, samimiyligi va yuksak badiiyatga yoʻgʻrilganligi, mazmunan teranligi va serqatlamli-gi, falsafasining quyuqligi, nozik ishoralarga boyligi, uslubining murakkabligi uchun ham unga "lison ul-gʻayb" — "gʻoyibning tili" sifatini berganlar. Firdavsiy — masnaviyni, Umar Xayyom — ruboiyni qan-chalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Hofiz ham gʻazalni shunchalik yuksak maqomga koʻtargan.

Oʻz ijodida may va u bilan bogʻliq timsollardan koʻp foydalangani uchun Hofiz rind va mayparast sifatida ham mashhur. Tasavvuf adabiyotida sufiyona istiloh-timsollarni eng koʻp qoʻllagan va ularga eng koʻp maʼno yuklagan ham Hofiz hisoblanadi.

Hofiz oʻzbek adabiyotiga ham kuchli taʼsir oʻtkazgan. Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Amiriy, Munis, Ogahiy kabi barcha davr shoirlari Hofizni oʻzlariga ustoz bilganlar, undan taʼsirlanib, sheʼrlar bitganlar. Navoiy "Devoni Foniy"da Hofiz gʻazallari tatabbuʼida 220 dan ortiq gʻazal yozgan.

18-asr oxiri — 19-asr boshlarida eʼti-boran Hofiz Gʻarb dunyosini ham oʻziga qaratdi. 1812-yilda Yozef fon Hammer shoir devonini toʻlaligicha tarjima qilib, nemis tilida nashr ettirgan. Shundan soʻng Germaniyada Hofizga ergashib yozilgan sheʼrlar koʻpaygan, hatto nemis adabiyotida sharqona shakldagi sheʼrlar, gʻazallar paydo boʻlgan. I. Gyote "Gʻarbu Sharqdevoni"ni yaratgan. Hofizni "noyob uslub daho-si", "muqaddas Hofiz", "Sharqning Volteri" deb ulugʻlashgan. Umuman, Gʻarbda Hofizni Geyne, Gyote, Shelli, Volter, Bayron kabi ulugʻ yozuvchilar qatorida tilga olishgan. Rus adabiyotida ham Hofiz katta shuhrat qozongan. A.Fet, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, V.Jukovskiy, S.Yesenin, P.Gnedich, V.Bryusov kabi rus shoirlari Hofiz taʼsirida sheʼrlar yozganlar, uning ijodini yuksak baholaganlar.

Oʻzbekistonda SHofizShomuhamedov, A.Hayitmetov, N.Komilov, HofizHomidiy va boshqa Hofiz haqida tadqiqot olib borganlar. Shoir sheʼrlari A.Avloniy, Xurshid, Chustiy, Muinzoda, Vasfiy, SHofizShomuhamedov, J.Jab-borov, E.Vohidov, J.Quvnoq, M.Kenjabek tomonidan tarjima qilingan.

Hofiz oʻzi sevgan Musallo bogʻida dafn etilgan va uning sharofati bilan keyinchalik bu bogʻ "Hofiziya" nomini olib, jahon ilmu adab ahlining ziyoratgohiga aylangan. Temuriylardan Abulqosim Bobur shoir qabrini obod qildirgan. Soʻng Eron hukmdorlaridan Karimxon Zand hozirgi sagʻanani qurdirgan (18.11).

Adabiyotlar

tahrir
  • Gʻazallar, T., 1958;
  • Kulliyot, Dushanba, 1983;
  • Hofiz Sheroziy sheʼriyatidan, T., 1985;
  • Ishqdaftari, T., 2000.
  • Shomuhamedov SHofiz, Hofiz Sheroziy, T, 1965;
  • Navoiy va alabiy taʼsir masalalari, T., 1968;
  • Braginskiy I.S., Iz istorii persidsko-tadjikskoy literaturm, M., 1972;
  • Salomov Gʻ.,Komilov N., Doʻstlik koʻpriklari, T., 1979.

Manbalar

tahrir
  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 

Havolalar

tahrir