Ahmad Al Shugairi
Ahmad Mazin Alshugairi (arabcha:أحمد مازن الشقيري ) 1973-yilning 6-iyunida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tugʻilgan[1] saudiyalik tashabbuskor va OAV namoyondasi[2]. U 2005-yildan 2015-yilgacha boʻlgan vaqtni qamrab olgan “Goʻyalar” ("خواطر") dasturi bilan mashhur bo'lib, bu arab dunyosida, xususan Saudiya Arabistonida muhim tijorat muvaffaqiyati edi. U ijtimoiy tarmoqlarda sezilarli taʼsirga ega boʻlib, 18,2 million obunachiga ega (2019-yil oktyabr holatiga koʻra). Dunyodagi eng yaxshi 100 talikka kirganlardan. Shuningdek, u 2015-yilda Twitterda Saudiya Arabistoni boʻyicha 1-oʻrinni egallagan[3].
Ahmad Alshugairi – أحمد الشقيري | |
---|---|
Tavalludi |
6.6.1973 |
Kasbi | Teledastur boshlovchisi |
Faoliyat yillari | 2002-yildan hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Rola Dashisha (turm. 1999) |
Tarjimai holi
tahrirShaxsiy hayoti
tahrirAlshugairi Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida tugʻilgan va Jiddadagi Manarat oʻrta maktabini tugatib, AQShga koʻchib borgan va u yerda menejment tizimlari boʻyicha bakalavr darajasini va Kaliforniya shtati universiteti-Long-Bichda magistratura darajasini oldi[4].
1996-yilda Saudiya Arabistoniga qaytib, otasining tijoratida ishlay boshladi.
Otasi Mazen Alshugairi, onasi Affaf Ali. Ahmad Alshugairi 2 marta turmush qurgan; 1-turmush oʻrtogʻi Yasmin bilan ajrashgandan soʻng, u 2-turmush oʻrtogʻi, "Gʻoyalar" dasturining 5 va 6- mavsumidagi kostyumlar dizayneri boʻlgan Rola Dashishaga uylandi. Ularning Yusuf va Ibrohim ismli ikki o‘g‘li bor.
Mehnat faoliyati
tahrirMedia sohasidagi faoliyatini 2002-yilda “Yalla ya Shabob” (“Keling, yigitlar”), “Agar u oramizda bo‘lganida” va “Shayx Hamza Yusuf bilan sayohat” kabi dasturlari bilan MBC telekanalida boshlagan. U 2005-yildan 2015-yilgacha Ramazon oyida efirga uzatilgan “Gʻoyalar” teleko‘rsatuvining boshlovchisi boʻlgan[5]. U 2015-yilda Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum bilim mukofoti 1 million AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Uning koʻplab chop etilgan nashrlari boʻlib, ular:
- "Gʻoyalar" kitoblarida Gʻoyalar teleserialining mazmunini oʻz ichiga oladi.
- "Yaponiyadan Gʻoyalar", Yaponiyada bo'lgan G'oyalar koʻrsatuvining 5-mavsumiga ishora.
- "Gandi bilan sayohatim", u ushbu kitobda bu hayotdagi o'z tajribasi haqida gapiradi.
- "40" kitobida Ahmadning eng sevimli 40 ta narsasi haqida soʻz boradi, masalan, 40 ta sevimli kitob, Qurʼonning 40 ta sevimli oyatlari va boshqalar.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Reference at www.arabianbusiness.com“.
- ↑ „أحمد الشقيري ... الجد والحفيد بقلم خليل الصمادي“. دنيا الرأي.
- ↑ „أحمد الشقيري Twitter Stats & Rankings (shugairi) | Twitaholic.com“. twitaholic.com. 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-mart.
- ↑ „Reference at www.linkedin.com“.
- ↑ „Preaching Moderate Islam and Becoming a TV Star – The New York Times“.