Ahmad Arabnajniy
Ahmad Arabnajniy (arabcha: أبو بكر أحمد الاربنجني — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijoʻ ibn Hanash Arabnajniy) — roviy, faqih va qozi.
Ahmad Arabnajniy IX asr oxirida Samarqandga qarashli Arabnajn qishlogʻida tugʻilgan. U ishonchli roviy va hanafilik mazhabining taniqli faqihi boʻlgan. Keyinchalik tugʻilib oʻsgan qishlogʻi Arabnajnda qozilik qilgan.
Ustozi
tahrirAhmad Arabnajniy asosiy taʼlimni padari buzrukvori Muhammad ibn Muso ibn Rijoʻ ibn Hanashdan olgan va undan hadislar rivoyat qilgan.
Shogirdlari
tahrirAhmad Arabnajniydan Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad va Abulabbos Idris Arabnajniy kabi allomalar hadis rivoyat qilgan.
Vafoti
tahrirManbalarda Ahmad Arabnajniyning vafot etgan yili borasida turlicha qarashlar mavjud. Manbalarning baʼzisida 369/979 yil rabiʼu-s-soniy (oktabr) oyida vafot etgan deyilsa,[1][2] baʼzisida 315/927 yil deb[3] keltirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 21.
- ↑ Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 4. — Bayrut, 1979. 302.
- ↑ Abulfayz Muhammad Husayniy Zabidiy. Tarixu-l-uʼrus min javahiru-l-qomus. J, 35. Doru-l-hidoya. 74.
Adabiyotlar
tahrir- Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.