Ahmad Bujayriy Xushufagʻoniy (arabcha: أحمد البجيري خوشوفغاني — Abulabbos Ahmad ibn Abulhasan Muhammad ibn Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Xozim Soʻgʻdiy Xushufagʻoniy) — roviy.

Ahmad Bujayriy Xushufagʻoniy muhaddis Abu Hafs Bujayriyning nabirasi boʻlib, u xalq orasida Ahmad Bujayriy va Ahmad Xushufagʻoniy nomlari bilan mashhur boʻlgan.

Ustozi va faoliyati

tahrir

Ahmad Bujayriy boshlangʻich taʼlimni tugʻilib oʻsgan qishlogʻida bobosi Abu Hafs Bujayriydan olgan. Manbalarda keltirilishicha, Abu Hafs Bujayriy "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonchli toʻplam") va "Kitob as-safina" ("Kema kitobi") nomli kitoblarni tasnif etgan. Ahmad Bujayriy esa bobosidan ushbu ikki kitobi boʻyicha taʼlim olgan va ularni toʻliq oʻzlashtirgan. Keyinchalik Ahmad Bujayriy koʻplab oʻz davrining yirik muhaddislaridan hadis tinglab, yozib olganligi bois oʻz davrining taniqli roviylaridan biri boʻlib ulgʻayadi. Oʻz navbatida, Ahmad Bujayriydan koʻplab ilmi toliblar hadis borasida taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan[1].

Vafoti

tahrir

Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida keltirilishicha Ahmad Bujayriy hijriy yil hisobi bilan 372 yili rabiʼ al-avval (milodiy 982 yil avgust yoki sentyabr) oyida vafot etgan[2].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 60.
  2. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 2. — Bayrut, 1998. 370.