Ahmad Mirzo (1388– 1425) – Temuriylardan. Umarshayx mir-zo bahodirning ukasi. Amir Temurning Xitoyga qilgan yurishida qoʻshinning oʻng qanotiga Xapil Sulton bilan birgalikda rahbarlik qilgan. Amir Temur vafotidan soʻng Shohrux saroyida boʻlgan. 1409-yil Shohrux farmoniga koʻra amir Xudoydod va Saydi Ahmad mirzolar bilan birgalikda Hisor viloyatidagi isyonni bostirishda qatnashgan. 1409-yil Movarounnahr 862Shohrux qoʻliga oʻtgach, Fargʻona viloya-ti Ah.(M.) m.ga berilgan. U Fargʻonada obodonchilik ishlarini rivojlantirgan, istehkomlarni ta’mirlagan, shuningdek oʻz navkarlari bilan Shohruxning harbiy yurishlarida qatnashib turgan. 1413-yil Ulugʻbek harbiy kengash bahonasida AhDM.) m.ni Samarqandga taklif qilgan, biroq u Ulugʻbekning fe’lidan hadiksirab Samarqandga kel-magan. Shundan soʻng Ulugʻbek Andijonga qoʻshin tortib Andijon, Axsilarni egallaydi. Ah.(M.) m. togʻga yashiringan va Moʻgʻulistondan madad uchun kelgan lashkar bilan Andijonga yurish qilib Oʻsh atrofida Ulugʻbek amirlari ustidan gʻalaba qozonadi. Shundan soʻng Ah-(M.) m. Moʻgʻuliston xoni Muhammadxon huzuriga – Qashqarga ketgan. Shohrux 1415-yil 26-mayda Ah-(M.) m. ga maktub yoʻllab uni oʻz huzuriga chaqirtiradi. Ah.(M.) m. 1416-yil Qa-shqardan Hirotga qaytib kelgan, uni Hirotdan tashqariga chiqarmasdan nazorat ostida saqlaganlar. Saltanatni qoʻlga kiritish uchun tuzgan rejasi osh-kor boʻlib qolgach, Ah-(M.) m.ni Mak-kaga, Ka’batullo ziyoratiga joʻnatishga far-mon berilgan. Ah.(M) m. hajdan qaytib kelmagan.Turgʻun Fayziyev.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil