Ahmad ibn Ali Amr ibn Ahmad ibn Ibrohim ibn Yusuf ibn Anir as-Sulaymoniy, al-Poykandiy (Abul Fazl). U milodiy 923-yil (hijriy 311-yil) tug‘ilgan. Bir qancha yurtlarga safar qilgan. O‘z davrida isnod keltirish, yodlash va ishonchli hadislarni keltirishda unga teng keladigani bo‘lmagan. Ko‘plab katta va kichik asarlar yaratgan. Har haftada biron narsa yozar va uni Poykanddan Buxoro jome masjidiga olib borar va u yerda hadis o‘rganar edi. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Ahmad as-Sulaymoniy milodiy 1014-yil (hijriy 404-yil) zulqaʼda oyida vafot etgan[1].

Ahmad as-Sulaymoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 923-yil (hijriy 311-yil)
Vafoti milodiy 1014-yil (hijriy 404-yil)
Dini Islom

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 57 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.