Ahmad ibn Saʼdiddin Oʻzgandiy

Ahmad ibn sa’diddin oʻzgandiy (10-asr) — tarixchi olim. U, asosan, bizgacha yetib kelgan "Tazki-rai Bugʻroxon" nomli asari bilan mashhur. Bu asar uvaysiya tariqati muridlaridan biri boʻlgan birinchi qoraxoniy Abdul-karim Sotuq Bugʻroxonta bagʻishlangan. Asar uvaysiya tariqatidagi shayxlarning tarjimai holini aks ettirgan. 30 bobdan iborat bu asarning 7- bobida Bugʻroxon tarjimai holi keltiriladi. Asar fors tilida yozilgan. Keyinchalik Muhammad Niyoz Koshgʻariy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Asarning fors tilidagi asl nusxasidan va turkiy tilga qilingan tarjimasidan koʻchirilib, bizgacha yetib kelgan 5 ta qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil