Ahmadjon Ibrahimov

(1902-yilda tugʻilgan — 1938-yil 5-oktyabrda vafot etgan) — Andijon shahri partiya kommiteti aʼzosi, Oziq-ovqat kommitetining Bogʻdod tumanidagi vakili, Qudash qishlog‘ida viloyat moliya bo‘limining moliyav agenti, Qoʻqon shahrida teriga ish

Ahmadjon Ibrahimov (1902-yilda tugʻilgan — 1938-yil 5-oktyabrda vafot etgan) — Andijon shahri partiya kommiteti aʼzosi, Oziq-ovqat kommitetining Bogʻdod tumanidagi vakili, Qudash qishlog‘ida viloyat moliya bo‘limining moliyav agenti, Qoʻqon shahrida teriga ishlov beruvchilar uyushmasining raisi. Andijon shahrida okrug kasaba soyuzi raisi, Norin rayoni MTS direktori[1].

Ahmadjon Ibrahimov
Tavalludi 1902-yil
Qoʻqon shahri, Fargʻona viloyati, SSSR
Vafoti 5-oktyabr 1938-yil
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1921—1937-yillar

Hayoti va taʼlimi

tahrir

Ahmadjon Ibrahimov 1902-yilda tugʻilgan Qoʻqon shahrida tavallud topgan. SSSR Oliy harbiy sudi sayyor majlisinig 1938-yil 5-oktyabr sanasidagi yig‘ilishida otishga mahkum qilingan[2].

U Qo‘qon shahri (Fargʻona viloyati)dagi 1-bosqichli islom maktabida tahsil olgan[3]. 1926-yil sentyabr—1927-yil noyabr oylarida Toshkentda VSSPS O‘rta Osiyo byurosida kursant sifatida taʼlim olgan.

Faoliyati

tahrir

Ahmadjon Ibrahimov 1928-yilning mart oyida Andijon shahar komsomol komiteti tomonidan partiya safiga qabul qilingan. 1921-yil oktyabr1922-yilning fevral oylari oraligʻida Qo‘qon uyezdiga qarashli Yaypan qishlogʻi kasaba uyushmasida kotib sifatida faoliyat olib borgan. 1922-yil fevral—1923-yil iyun oylarida viloyat oziq-ovqat komitetining Bog‘dod tumanidagi vakili sifatida ishlagan[3].

1923-yil iyul—1924-yil yanvar orasida Qudash qishlog‘ida viloyat moliya bo‘limining agenti lavozimida mehnat qilgan. 1924-yilning fevral—dekabr oylari oraligʻida Qo‘qon shahri teriga ishlov beruvchilar uyushmasining raisi boʻlgan hamda 1924-yil dekabridan 1926-yil sentyabr oyigacha esa viloyat boʻyicha shu lavozimda faoliyat yuritgan[3].

1927-yil noyabr—1929-yil yanvar — Andijon shahrida okrug kasaba soyuzi raisi; 1930-yil sentyabr—1931-yil iyul — „O‘zbek savdo“ning Andijon shahridagi vakili; 1931-yil iyul—1933-yil mart — Yangiqo‘rg‘on tumani ijroiya komiteti raisining o‘rinbosari; 1933-yil mart—1934-yil fevral — Chust tumani ijroqo‘mitasi raisining o‘rinbosari. 1934-yil fevral—1936-yil maygacha huddi shu tumanda MTS direktori; 1936-yil iyun—1937-yil 18-may — Norin tumani MTS direktori kabi lavozimlarda ishlab kelgan[3].

Adabiyotlar

tahrir
  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar

tahrir
  1. O‘zR PDA. 58-fond, 65-ro‘yxat 284-ish. 
  2. RF FXXMA. 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish — 532-varaq-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432-bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Havolalar

tahrir