Ahmadjonov Muxtor Oripovich (1932.28.6-1998.29.10, Toshkent) - geolog olim, geol.-mineralogiya fanlari doktori (1969), professor (1972). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (1955). Oʻzbekiston Geol. vazirligida geolog (1955 — 57). Oʻrta Osiyo mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot institutida katta muhandis (1957 — 60). 1960-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geol. va geofizika institutida katta ilmiy xo-dim, regional va dinamik geol. boʻlimi mudiri (1961-yildan). 1978-85 va 1991-yildan Toshkent texnika untida kafedra mudiri. Birinchi marta Oʻzbekistonning paleozoy fundamentining tektonik xa-ritasini tuzdi va yopiq maydonlar geo-logik tuzilishini mukammal oʻrgandi. Oʻzbekistonda tokembriy qatlamlari borligini birinchi boʻlib aniqladi va asosladi. Bu esa oltin izlashga keng yoʻl ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasida mineral xom ashyo bazasini rivojlanti-rishga hissa kushgan. Pragada (1968), Mo-skvada (1971, 1973, 1983) boʻlgan xalqaro geologik kongresslar qatnashchisi. Beru-niy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil