Ahmadshoh
Ahmadshoh (1897-1930) — Eronda hukm surgan Qojarlar sulolasining soʻnggi shohi (1909 -1925). Eron siyosiy hayotida sezilarli rol oʻynamagan. Harbiy vazir Rizoxon uni davlat ishlaridan chetlatib qoʻygani tufayli, koʻp vaqtini chet elda oʻtkazdi. Taxtdan tushirilgach (1925-yil oktabr), Qojorlar sulolasi oʻrniga Pahlaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Ahmadshoh Fransiyada vafot etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |