Ahmed Abdallah Abderemane (arabcha: أحمد عبد الله عبد الرحمن, Ahmad Abd Allah Abd ar-Rahman, 12-iyun 1919-yil – 26-noyabr 1989-yil[1]) Komor orollarining mashhur siyosatchisi. 1959-1973-yillarda Fransiya Senati aʼzosi [2] va 1978-yil 25-oktyabrdan 1989-yilgacha (oʻlimigacha) Komor orollari prezidenti boʻlgan[3].

Ahmed Abdallah Abderemane
أحمد عبد الله عبد الرحمن

1981-yilda Ahmed Abdallah
1-Komor orollari Prezidenti
Mansab davri
6-iyul 1975-yil – 3-avgust 1975-yil
Oʻtmishdoshi Mamlakat mustaqillikka erishdi, lavozim yaratildi
Vorisi Said Mohamed Jaffar
Mansab davri
25-oktyabr 1978-yil – 26-noyabr 1989-yil
Oʻtmishdoshi O'zi, Harbiy-Siyosiy Boshqarmaning raislaridan biri sifatida
Vorisi Said Mohamed Djohar
Komor orollari Federativ va Islom Respublikasi harbiy-siyosiy boshqarmasi raislaridan biri
Mansab davri
23-may 1978-yil – 25-oktyabr 1978-yil
Oʻtmishdoshi Lavozim yangi yaratilgan
Vorisi Lavozim yo'q bo'lgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-iyun 1919-yil
Domoni, Anjouan
Vafoti 26-noyabr 1989-yil(1989-11-26)
(70 yoshda)
Moroni, Komor orollari
Oʻlim sababi Suiqasd, oʻqdan yaralangan
Siyosiy partiyasi Komor orollari Demokratik Ittifoqi, keyin Taraqqiyot uchun Komor orollari Ittifoqi

Prezidentlikdan oldingi hayoti tahrir

Abdallah Anjouan orolidagi Domoni shahrida tugʻilgan[4]. U 1940-yillarda Komor orollari hali Fransiya tarkibida boʻlganida davlat ishlarida paydo boʻla boshlagan. 1949-yildan 1953-yilgacha davlat umumiy kengashi raisi, 1970-yillarda esa deputatlar palatasining raisi boʻlgan[5].

Birinchi prezidentlik tahrir

1972-yilda Abdallah Komor orollarining hukumat kengashi prezidenti va Bosh vaziri boʻldi[6]; u bu lavozimda 1975-yil 6-iyulgacha, Komor orollari Fransiyadan mustaqil boʻlgunga qadar xizmat qildi[7]. Abdallah mustaqil orollarning birinchi prezidenti boʻldi, biroq 1975-yil 3-avgustda davlat toʻntarishida Said Mohamed Jaffar tomonidan agʻdarildi[8]. Jaffar ham, oʻz navbatida, 1976-yilda Ali Soilih tomonidan taxtdan agʻdariladi[9].

Ikkinchi prezidentlik tahrir

Abdallah (surgunda Fransiyaning Parij shahrida yashagan) 1978-yil 13-mayda yollanma Bob Denard tomonidan uyushtirilgan toʻntarishning nominal rahbari boʻlgan[8]. Said Atthoumani oʻn kun davomida „Harbiy-Siyosiy Boshqarma raisi“ boʻlib ishlagandan soʻng Abdallah va Mohamed Ahmad bu unvonlarini egalladilar[10]. 22-iyulda ularning unvonlari „Boshqarma raislari“ ga oʻzgartirildi va 3-oktyabrda Abdallah yagona raisga aylandi[10]. Abdallah aslida „qoʻgʻirchoq rahbar“ boʻlib, oʻzi qaror qabul qilish huquqiga ega emas edi va Komor orollarining haqiqiy hukmdori Prezident Gvardiyasi qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan Denard boʻlgan[11].

25-oktabrda Abdallah 2-marta Prezident unvonini oldi va unga qarshi qilingan uchta davlat toʻntarishi urinishlariga qaramay, oʻlimigacha oʻz lavozimida qoldi[12]. 1982-yilda Abdallah barcha partiyalarni tugatdi va yangi partiya, „Taraqqiyot uchun Komor orollari Ittifoqi“ (UCP) tuzildi[13]. Komor orollari bir partiyali davlatga aylandi. UCP yagona qonuniy partiya boʻlib, rejim diktaturaga aylandi. Mamlakat yollanma askarlar tomonidan nazorat qilindi va turli toʻntarish urinishlari oldi olindi. Bu davrda rejimning baʼzi muxoliflari qatl qilindi yoki yoʻq boʻlib ketdi. Saylovda ishtirok etishga ruxsat berilgan yagona nomzod Ahmad Abdallah 1984-yil 30-sentyabrda qayta saylandi va uning partiyasi 1987-yil 22-mayda Federal Majlisdagi barcha oʻrinlarni qoʻlga kiritdi[9][13]. Bu vaqt ichida Denard Komor orollaridagi eng yirik yer egasiga aylanib, Komor orollari iqtisodiyotini talon-taroj qilishni davom ettirdi va barcha eng yaxshi yerlarni egallab oldi. Keyinchalik u bu joylarni tropik iqlimdan bahramand boʻlishni istagan badavlat Gʻarb sayyohlari uchun hashamatli mehmonxona kurortlariga aylantirdi[14]

Suiqasd tahrir

1989-yil 26-noyabrda Abdallah oʻzining Moronidagi ofisida bahs boʻlayotgan vaziyatda otib oʻldirildi. Odatda, Denard Abdallahni Prezident gvardiyasi qoʻmondoni lavozimidan chetlatishga uringani uchun oʻldirgan, deb ishoniladi[15].

1999-yilda Parijda Abdallahning oʻldirilishi boʻyicha sudda Denard Abdallahni Ali Soilihning oʻgay akasi Said Mohamed Johar boshchiligida qilingan davlat toʻntarishi paytida Abdullah Jaffar tomonidan oʻldirilganini daʼvo qildi[16]. Denard dalil yoʻqligi uchun oqlandi, chunki sudya ayblovchilar tarafidan faqat Denard Abdullahning oʻldirilishi ortida turganligi toʻgʻrisidagi shartli ish koʻrsatildi, deb hisobladi[17][15]. Djohar ertasi kuni mamlakatni qoʻlga oldi[5]. Denard Djoharning prezidentlik lavozimini egallashiga toʻsqinlik qilmoqchi boʻldi. Ammo bu safar Denardning harakatlarini sharmandalik deb bilgan Fransiya Denard va uning yollanma askarlarini Komor orollaridan olib chiqish uchun harbiy kuchlarni yubordi.

Manbalar tahrir

  1. „Ahmed Abdallah“. Kentix Computing. 2006-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-dekabr.
  2. Page on the French Senate website
  3. „Histoire des Comores“. MweziNet (2006-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  4. „Ahmed Abdallah Sambi | Biography & Facts | Britannica“ (en). www.britannica.com.
  5. 5,0 5,1 Security concerns – Comoros
  6. A Political Chronology of Africa. Taylor & Francis, 2001, ISBN 1857431162, p. 92.
  7. Mayotte. Central Intelligence Agency, 2006-12-29. 2006-yil 28-dekabrda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2012-09-21 sanasida arxivlangan)
  8. 8,0 8,1 Thomson Gale authors. "Comoros History". Comoros History. Encyclopedia of the Nations. Archived from the original on 24 November 2006. https://web.archive.org/web/20061124183314/http://www.nationsencyclopedia.com/Africa/Comoros-HISTORY.html. Qaraldi: 20233-09-16. 
  9. 9,0 9,1 Ottenheimer, Martin; Harriet Joseph Ottenheimer. "History (from Comoros)". Encyclopædia Britannica. Archived from the original on 16 December 2006. https://web.archive.org/web/20061216203704/http://www.britannica.com/eb/article-1442/Comoros. Qaraldi: 2006-12-28. 
  10. 10,0 10,1 Cahoon, Benjamin M „Comoros“. Worldstatesmen.org. 2006-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  11. Hebditch, David & Connor, Ken How to Stage a Military Coup: From Planning to Execution, New York: Skyhorse, 2005 p.136
  12. Chernow, Barbara A., ed (1993). "Comoros". The Columbia Encyclopedia (Fifth nashri). Columbia University Press. p. 615. ISBN 0-395-62438-X. 
  13. 13,0 13,1 Thomson Gale authors. "Comoros Political Parties". Comoros Political Parties. Encyclopedia of the Nations. Archived from the original on 24 November 2006. https://web.archive.org/web/20061124183417/http://www.nationsencyclopedia.com/Africa/Comoros-POLITICAL-PARTIES.html. Qaraldi: 2023-09-16. 
  14. Axelrod, Alan Mercenaries: A Guide to Private Armies and Private Military Companies, Washington: CQ Press, 2013 p.78
  15. 15,0 15,1 Axelrod, Alan Mercenaries: A Guide to Private Armies and Private Military Companies, Washington: CQ Press, 2013 p.78
  16. World: Africa Comoros mercenary cleared of assassination BBC, 19 May 1999.
  17. „Bob Denard acquitté. Les Comoriens présents au procès ont hué le verdict des jurés de la cour d'assises“. www.liberation.fr.
Siyosiy idoralar
Oʻtmishdoshi:
Lavozim yangi yaratilgan
Komor orollari davlat rahbari
6-iyul 1975-yil–3-avgust 1975-yil
Vorisi:
Said Mohamed Jaffar
Oʻtmishdoshi:
Lavozim yangi yaratilgan
Boshqarma raislari
3- oktyabr 1978-yil–25-oktyabr 1978-yil
Vorisi:
Lavozim yo'q qilingan
Oʻtmishdoshi:
Lavozim yangi yaratilgan
Komor orollari Prezidentlari
25-oktyabr 1978-yil – 26-noyabr 1989-yil
Vorisi:
Said Mohamed Djohar