Ahmet Altan

Turkiyalik jurnalist va yozuvchi

Ahmet Altan (turkcha: Ahmet Altan) — 1950-yil 2-martda tugʻilgan turk yozuvchisi va jurnalisti[2].

Ahmet Altan
Asl ismi turkcha: Ahmet Altanr
Tavalludi 2-mart 1950-yil
Ijod qilgan tillari Turk tili[1]
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Janr Romannavis
Mukofotlari Yunus Nadi mukofoti

Ahmet Altan 1980-yillarda Turkiyada asarlari eng koʻp oʻqilgan yozuvchilardan biri hisoblanadi. Tehlikeli Masallar, Kılıç Yarası Gibi, Aldatmak asarlari eng koʻp mashhur asarlardan hisoblanadi. Ahmet Altan uzoq yillar teleradiokompaniyada jurnalist bo‘lib muxbirlikdan bosh muharrirgacha bo‘lgan turli lavozimlarda ishlagan. „Taraf“ gazetasining bosh muharriri boʻlib ham ishlagan. U 2016-yil 15-iyulda Turkiyada davlat toʻntarishiga urinishdan so‘ng hibsga olingan va sud jarayonida og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Hayoti va ijodi

tahrir

1950-yilda tavallud topgan Ahmet Altanning onasi Kerime Altan va dadasi jurnalist Çetin Altandir. Altanlar 1959-yilda oilasi bilanIstanbulga koʻchib kelishgan. Altan oʻrta taʼlimni turli maktablarda davom ettirgan. Bir muncha vaqt Robert kollejida oʻqiganidan soʻng, u Anqara kollejida yotib oʻqidi. O‘rta maktabni 1970-yili Istanbul madaniyat kollejida tamomlagan. U litseyda oʻqib yurgan vaqtida, 18 yoshida turmush qurdi. U 1972-yilda qiz, 1980-yilda o‘g‘il farzandli boʻldi[3]. U bir muddat Yaqin Sharq Texnika universitetida tahsil olgan. 1981-yili Istanbul universitetining iqtisod fakultetini tamomlab, jurnalistika bilan shug‘ullana boshlagan.

Jurnalistik faoliyati

tahrir

Ahmet Altan jurnalistlik faoliyatini Hürriyet gazetasida tungi muxbir sifatida boshlagan. Keyinchalik xuddi shu gazetada bosh muxbir, xorijiy yangiliklar muharriri va sharhlovchisi bo‘lib ishlagan[4]. U koʻp yillar mobaynida Güneş, Milliyet va Yeni Yüzyıl gazetalarida sharhlovchi boʻlib ishladi. U Milliyet gazetasida ishlayotganida gazetada kurdlar koʻpchilikni tashkil etuvchi xayoliy „kurd“ mamlakati haqida soʻz yuritilgan maqola sabab ishdan boʻshatilgan[5].

2007-yilda Taraf gazetasining asoschisi boʻlgan Altan, Alev Er bilan birga ushbu gazeta bosh muharriri lavozimini egalladi. Alev Er bosh muharrirlikdan ketganidan keyin gazetaning bosh muharriri lavozimini mustaqil boshqarishda davom etdi. U gazetaning „Qum soati“ ruknida sharhlovchi sifatida maqolalar yozgan. 2008-yil sentyabrida u gazetaning arman genotsidi qurbonlariga bag‘ishlagan rukni tufayli turklikni haqorat qilishda ayblandi. 2009-yilda „Taraf“ gazetasi Leipzig Bank Media Foundation tomonidan beriladigan dunyodagi eng nufuzli matbuot mukofotlaridan biri — „Ommaviy axborot vositalari erkinligi va kelajagi“ mukofotiga[6], 2011-yilda Xalqaro Hrant Dink Jamgʻarmasi tomonidan erkin va adolatli dunyo uchun mehnat qilayotgan, ilhom va umid nuri boʻlganlarga beriladigan Hrant Dink Tinchlik mukofotiga loyiq deb topildi[7]. Altan 2012-yil dekabr oyida Yasemin Çongar bilan birga Taraf gazetasidagi lavozimidan isteʼfoga chiqdi[8].

U Taraf gazetasidagi faoliyatini tugatgandan keyin 2015-yilgacha romanlar yozdi. U 2015-yil 7-oktyabrda jurnalistikaga qaytdi Haberdar gazetasi uchun yozishni boshladi[9].

Televizion dasturlardagi faoliyati

tahrir

Ahmet Altan XX asrning 90-yillari oʻrtalarida Neshe Düzel bilan birgalikda Star TVda „Qizil oʻrindiq“ munozara dasturini tayyorladi va tomashabinlarga taqdim etdi.

Romannavisligi

tahrir

Uning ilk adabiy asari „Paltoli Don Kixot“ nomli ikki kishilik pyesa edi. Ahmet Altan 1982-yildan roman va ocherklarini nashr ettirgan. U o‘zining „Dört Mevsim Sonbahar“ nomli birinchi romanida postmodernistik unsurlardan foydalangan va uni metafiksatsion uslubda yozgan. Adibning ushbu romani Akademiya kitob doʻkoni romani bosh mukofotiga loyiq deb topildi.

1985-yilda Altanning ikkinchi romani „Sudaki iz“ (Suvdagi iz) nashr etildi. Juda ko‘p sotilgan va tanqidlarga sazovor bo‘lgan roman nashr etilganidan to‘qqiz oy o‘tgach, odobsiz yozilgan deya iddao qilindi va sotilgan kitoblar qayta yigʻib olina boshlandi. Ikki yillik sud jarayonidan so‘ng ikki yarim sahifadan iborat bo‘lim odobsiz mazmunda ekanligi aytildi va ushbu sahifalar yo‘q qilinishi kerakligi belgilandi. Kitobning odobsiz qismlari qora lenta bilan yopildi va sud qarori bilan nomaqbul deb topilgan qismlar kitob boshiga qo‘shilgan holda qayta nashr etildi.

1991-yilda Ahmet Altan oʻzining uchinchi „Yalnızlığın Özel Tarihi“ romanini chop ettirdi. U oʻzining birinchi romanida qoʻllagan metafantastikaning turli sub-texnikalarini toʻrtinchi „Tehlikeli Masallar“ (Xavfli ertaklar) romanida ham qoʻllagan[10]. Eski sevgilisi bilan va yangi sevgilisi oʻrtasida ikkilanib yuradigan yolgʻiz odam haqida hikoya qiluvchi ushbu roman yilning eng koʻp oʻqilgan romanlaridan biriga aylandi.

Adibning 1998-yilda nashr ettirilgan beshinchi romani „Kılıç Yarası Gibi“ Yunus Nadi mukofotiga loyiq deb topildi. „Kılıç Yarası Gibi“ romanining davomi deb aytilishi mumkin boʻlgan „İsyan Günlerinde Aşk“ oltinchi romani 2001-yilda chop etilgan. Bu ikki romanda Abdulhamid II davridagi boshqaruv yondashuvi va Ittifoq va Terakki jamiyati faoliyati keng yoritib berilgan[11][12]. Bu romandan soʻng, Altanning „Kristal Denizaltı“, „Ve Kırar Göğsüne Bastırırken“ nomli kitoblarini, shuningdek, „Aldatmak“ va „En Uzun Gece“ nomli romanlarini chop ettirdi. Bir ayolning eriga xiyonat qilayotgan deyarli har bir onini tasvirlab bergan „Aldatmak“ romani besh kunda yuz ming nusxada sotildi[13].

Romannavislikdagi uzoq tanaffusdan soʻng, Ahmet Altan 2012-yilda Taraf gazetasidan istefoga chiqqandan keyin, yana roman yozishga va ijodga qaytdi[14]. Oxirgi yozgan romani „En Uzun Gece“dan sakkiz yil oʻtib, 2015-yilda „Son Oyun“ romanini chop ettirdi. Ushbu romanning qahramoni ham uzun vaqtdan beri roman yozamagan romannavis edi[15]. Ikki yil oʻtib nashr ettirgan „Ölmek Kolaydır Sevmekten“ romanida 1912-1913-yillar oraligʻida Usmonlilar imperiyasida olti oy ichida sodir boʻlgan voqealarni bir oila aʼzosining xotiralaridan kelib chiqib soʻzlab berdi[16].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Ahmet Altan yozuvchi va sobiq deputat Çetin Altanning o‘g‘li hamda Istanbul universitetining iqtisod professori, yozuvchi Mehmet Altanning akasi. Uning Senem Altan va Kerem Altan ismli farzandlari bor.

Daʼvolar

tahrir

1995-yil 17-aprelda Milliyet gazetasida chop etilgan „Atakurt“ sarlavhali maqolasi uchun Davlat xavfsizlik sudi tomonidan sudlangan Altan, 1 yil 8 oy qamoq jazosiga hukm qilingan[17][18][19].

2012-yilning 4-yanvarida Roboski qirgʻini haqida yozgan maqolasi bilan Bosh vazir Recep Tayyip Erdoğanni matbuot orqali haqorat qilgani uchun 1 yil 2 oy qamoq jazosiga hukm qiligan[20][21].

2015-yilning 2-sentyabr kuni Altanga nisbatan „Samanyolu Haber“ kanalida ishtirok etgan bir dasturdagi chiqishlari uchun „Prezident, hukumat, davlat amaldorlarini haqorat qilish, jamoatchilikni nafrat va adovatga chorlash“ aybi bilan tergov boshlangan[22].

Ahmet Altan va uning ukasi Mehmet Altan 2016-yil 10-sentyabr kuni ertalab 2016-yil 15-iyulda Turkiyada davlat toʻntarishiga urinishdan keyin boshlangan tergov doirasida qoʻlga olingan. Aka-uka Altan va Nazli Ilıjakning 2016-yil 14-iyulda (to‘ntarishdan bir kun oldin) ko‘rsatgan teleko‘rsatuvida „subliminal to‘ntarish xabari“ berganliklari uchun qo‘lga olingani bildirildi. Shu bilan birga, Ahmet Altan davlat toʻntarishini oldindan bilganlikda ayblandi[23].

Altanning bayanoti hibsga olinganidan 12 kun oʻtib olingan. Dastlab u politsiya bo‘limida berilgan savollarga javob bermagan va prokuraturada bayonot berishini bildirgan. Aka-uka Altanlarning advokatlari bilan Adliya binosida boʻlgan HDP deputati Garo Paylan, advokatlar xabardor qilinmasdan turib Altanlar haqidagi hukmning Sabah gazetasining internet sahifasida chop etilishiga munosabat bildirgan. Hukm chiqarilgach, Ahmet Altan sud nazorati sharti bilan sudgacha ozod qilindi, lekin uning ukasi Mehmet Altan hibsga olindi[24].

Ozodlikka chiqqanidan keyin 24 soat o‘tmay, Bosh prokuraturaning eʼtiroziga ko‘ra, 1-jinoiy ishlar bo‘yicha Tinchlik sudyasi tomonidan hibsga olish to‘g‘risida order berildi. U "FETO aʼzosi" va "„hukumatni agʻdarishga urinish“ ayblari bilan hibsga olingan[25].

2019-yil 4-noyabr kuni Istanbul 6-Og‘ir jinoyat sudining qarori bilan „FETO terror tashkilotiga yordam berganlik“ aybi bilan 10 yil 6 oy qamoq jazosiga hukm qilingan va shartli ravishda sud nazorati ostida ozod qilingan[26]. 2019-yil 12-noyabr kuni qaytadan qamoqqa olindi[27]. 2021-yil 14-aprelda 4 yil 7 oy qolgan Silivri qamoqxonasidan ozod qilindi[28].

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. Veli, Uğur „Popüler Edebiyatın Söylemi: Ahmet Altan’ın Aldatmak Adlı Romanının Popüler Edebiyat Teorisiyle İncelenmesi“. İstanbul Üniversitesi, Edebiyat Fakültesi, Türk Dili ve Edebiyatı Dergisi, Sayı: 38 Yıl: 2008. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Bir zamanlar bitirimdi“. Hürriyet gazetesi Kelebek eki. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Ahmet Altan: Ben eş genel yayın yönetmeni değilim“. Medicacat.com 5 Kasım 2007. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Özgürlük ödülü Taraf’a“. 8 eylül 2009da asl nusxadan arxivlangan.
  6. Leipzig Özgürlük Ödülü Ahmet Altan'ın (Wayback Machine saytida 2010-02-01 sanasida arxivlangan). CNN Türk. 10 Eylül 2009. En son 21 Eylül 2015 tarihinde erişildi.
  7. „Arşivlenmiş kopya“. 30 ocak 2012da asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Taraf Gazetesi'nde şok istifalar“. haber.mynet.com. 14 aralık 2012da asl nusxadan arxivlangan.
  9. „7 Ekim 2015 Zaman haberi: Ahmet Altan'ın köşe yazısı TT oldu“. 15 ocak 2016da asl nusxadan arxivlangan.
  10. Hakan, Sazyek „Türk Romanında Postmodernist Yöntemler ve Yönelimler“. Hece dergisi, 2002. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Mustafa, Yiğitoğlu „Ölmek Kolaydır Sevmekten“. Munzur Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi (MÜSBİD) Cilt: 4, Sayı: 6, Yıl: 2015. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Mustafa, Yiğitoğlu „Ahmet altan'ın Üç Romanıdna Sultan II. Abdülhamit'in Mizacına Dair Tespitler“. Uluslararası Türkçe Edebiyat Kültür Eğitim Dergisi Sayı: 5/1, Yıl :2016. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Pakize, Suda „Kıskançlık ve Ahmet Altan“. Radikal gazetesi, 29 Eylül 2002. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Ahmet Altan'dan müthiş bir reko“. İlkhaber.com, 2 Nisan 2013. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  15. Berk, Özler „Gazeteci Ahmet Altan’la romancı Ahmet Altan’ın Türkiye alegorisi üzerinden hesaplaşması“. t24.com.tr sitesi, 13 Kasım 2016. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Ahmet Altan’dan yeni roman: Ölmek Kolaydır Sevmekten“. tt24.com.tr sitesi, 5 Mart 2015. 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  17. „Milliyet - 17 Nisan 1995 - MİLLİYET GAZETE ARŞİVİ“. gazetearsivi.milliyet.com.tr. 24 ekim 2020da asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Milliyet - 19 Ekim 1995 - MİLLİYET GAZETE ARŞİVİ“. gazetearsivi.milliyet.com.tr. 21 ekim 2020da asl nusxadan arxivlangan.
  19. "Ahmet Altan Yazısına "Atakürt" Başlığını Attığında" (Wayback Machine saytida 2015-09-09 sanasida arxivlangan). Bianet. 17 Aralık 2014. En son 21 Eylül 2015 tarihinde erişildi.
  20. "Devlet yardakçılığı ve ahlak" (Wayback Machine saytida 2016-01-12 sanasida arxivlangan). Taraf. 4 Ocak 2012. En son 21 Eylül 2015 tarihinde erişildi.
  21. "Altan'a Erdoğan'a hakaretten mahkumiyet!" (Wayback Machine saytida 2013-12-08 sanasida arxivlangan). Radikal. 18 Temmuz 2013. En son 21 Eylül 2015 tarihinde erişildi.
  22. ‘Erdoğan’a hakaret’te bugün: ‘Havuz’un hedef gösterdiği Ahmet Altan’a soruşturma (Wayback Machine saytida 2015-09-23 sanasida arxivlangan). Diken. 20 Eylül 2015. En son 21 Eylül 2015 tarihinde erişildi.
  23. „Ahmet Altan ve Mehmet Altan gözaltına alındı!“. T24 gazetesi. 10 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan.
  24. „HDP’li Paylan: Savcının kapısındayız; bizim haberimiz yok, Sabah Altanlara tutuklama istemini haber geçiyor!“. 22 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan.
  25. „Ahmet Altan FETÖ soruşturmasında tutuklandı“. 25 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan.
  26. „Ahmet Altan ve Nazlı Ilıcak için tahliye kararı“. Gazete Duvar. 4 kasım 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  27. „Arşivlenmiş kopya“. 30 kasım 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  28. „Yargıtay, FETÖ'ye yardımdan ceza alan Ahmet Altan ve Nazlı Ilıcak hakkındaki kararı bozdu“. www.aa.com.tr. 14 nisan 2021da asl nusxadan arxivlangan.