Abdulhamid II
Abdulhamid II (1842.21.9-1918. 10. 2) — Turkiya sultoni (1876-1909). U 1876-yil dekabrda „Yangi Usmonlilar“ jamiyati bilan bogʻliq liberal guruhlar rahbari Midhat posho boshchiligida oʻtkazilgan saroy toʻntarishi natijasida taxtga chiqdi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi. Turk sultonlari ichida adolatparvarligi bilan nom qozongan. Abdulhamid II dushmanlar hiylalariga qarshi kurashib keldi. U jar yoqasidagi Usmoniylar imperiyasini yana 30 yildan oshiqroq saqlanib qolishida katta xizmat qildi. Mamlakatda sotqinlar koʻpligi, jamiyatning gʻarbga havas qilishi, Sultonning odilona siyosati Gʻarb tomonidan buzib koʻrsatilishi Sultonga nisbatan notoʻgʻri tushunchani keltirib chiqardi. Abdulhamid II ichki va tashqi siyosatda ham ijobiiy yoʻl tutdi. U doimo xalq manfaatlari uchun ķurashdi. 1903-yilda Germaniya mashhur Bagʻdod temir yoʻlini qurish huquqini oldi. Yosh turklar deb atalmish guruh 1909-yil Abdulhamid II ga qarshi bosh koʻtarib, uni taxtdan tushirdilar. Abdulhamid II 1918-yilda vafot etdi[1].
Abdulhamid II عبد الحميد ثانی, Abd ül-Hamîd-i sânî | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
22-sentyabr 1842-yil |
Vafoti |
10-fevral 1918-yil (75 yoshda) Istanbul |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Otasi | Abdulmajid I |
Onasi | Tirimüjgan Kadın |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |