Aholi geografiyasi
Aholi geografiyasi — Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya soxasi. Aholining joylashuvi va hududiy tashkil topishi, jamiyat ishlab chiqarishi va jamiyatning atroftabiat bilan aloqasi jarayonida aholining tuggan oʻrnini oʻrganadi. Aholi geografiyasi aholi bilan bogʻliq masalalar — aholi soni, tarkibi, joylashuvi va bu joylashuvning hududiy shakllari (shahar va qishloq joylari)ni va uning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan mehnat resurslarini geografiya nuqtai nazaridan oʻrganadi, Aholi geografiyasi asosida aholi migratsiyasi geografiyasi, aholi joylari (shaharlar va qishloqlar) geografiyasi, aholini takror barpo etilishi geografiyasi va mehnat resurslari geografiyasi shakllandi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |