Vaqt byudjeti, aholining vaqt byudjeti — ayrim xodimlar va ular oilasi hamda muayyan aholi guruhlarining oʻz vaqtini nimalarga (mas., mehnat qilish, dam olish, oʻqish va b.) sarflashini ifodalovchi koʻrsatkichlar majmui. V. b. 2 ga boʻlinadi: 1) ish vaqgi (haqiqiy ish vaqti, unumsiz xatti-harakatlar, ishdagi belgilangan tanaffuslar, smena qabul qilish hamda topshirishga ketgan vaqt va hokazo); 2) ishdan tashqari vaqt (uy-roʻzgʻor yumushlariga, ishga borib-kelishga, fiziologik va maʼnaviy ehtiyojlarni qondirishga, mas., uxlash, ovqatlanish, maʼlumotni oshirish, dam olish va b.ga ketgan vaqt). V. b. maʼlumotlari aholi turmush darajasini qiymat va natural koʻrsatkichlar vositasida tadqiq etish mumkin boʻlmagan alohida tomonlarini oʻrganishga yordam beradi. V. b.ni oʻrganish, asosan 20-asrning 20-y.laridan boshlangan (akad. S. G. Strumilin va b.). V. b. tadqiqotlarini sotsiolog va iqtisodchilar oʻtkazadi. 1959 yilda BMTning YUNESKO tashkiloti V. b.ni tadqiq qiluvchi xalqaro sotsiologlar guruhi tashkil etgan. Bunday tadqiqotlar Germaniya, Yaponiya, AQSH singari koʻplab mamlakatlarda olib boriladi. V. b.ni oʻrganish asosida mehnat samaradorligini oshirish, turmush va dam olishni oqilona tashkil etish tadbirlari ishlab chiqiladi. Yana q. Boʻsh vaqt.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil