Aidan Morris (2001-yil, 16-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik professional futbolchi, Major League Soccerning Columbus Crew klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Aidan Morris
Morris 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aidan Morris
Tavallud sanasi 16-noyabr 2001-yil (2001-11-16) (22 yosh)
Tavallud joyi Fort Lauderdale, Florida, AQSH bayrogʻi AQSh
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Columbus Crew
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2015—2017 Weston FC
2017—2019 Columbus Crew
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020- Columbus Crew 37 (0)
2022-Columbus Crew 2 3 (0)
Milliy terma jamoa
2018 United States U18 3 (0)
2020 United States U20 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-oktabr 2022-yil uchun)

Faoliyatining ilk yillari tahrir

Floridadan boʻlgan Morris Columbus Crew SC akademiyasiga qabul qilingan va u yerda 2017-yildan 2019-yilgacha oʻynagan. U 2019-yilda Indiana universitetida oʻqigan va u yerda kollej futboli oʻynagan. U oʻzining birinchi kollejdagi golini 2019-yil, 1-oktyabrda Northwestern darvozaga kiritgan[1]. Morris 8-oktabr va 29-oktabr kunlari haftaning eng yaxshi hujumkor oʻyinchisi deb topilgan[2][3]. U Yilning eng yaxshi oʻn nafar birinchi oʻquvchisi deb topildi va 2019-yilgi TopDrawerSoccer.comning Milliy birinchi kurs talabasi mukofotini qoʻlga kiritdi, bu Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi birinchi kurs futbolchisiga beriladigan muhim mukofoti edi. Morris ajoyib kollej mavsumidan soʻng, Columbus Crew klubi oʻyinchisi sifatida shartnoma imzoladi[4].

Professional faoliyati tahrir

Columbus Crew tahrir

2020-yilgi mavsum tahrir

Morris 2020-yil, 14-yanvarda Columbus Crew tomonidan mahalliy oʻyinchi sifatida eʼlon qilindi[5]. U klub safidagi oʻzining professional debyutini 11-iyul kuni MLS is Back Tournament doirasidagi oʻyinda shtatdagi raqibi FC Cincinnati klubiga qarshi 4:0 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda oʻtkazdi[6]. U 16-iyul kuni New-York Red Bulls klubiga qarshi oʻyinning 67-daqiqasida jarohat olgan Darlington Nagbe oʻrniga zaxiradan maydonga tushib, Crew safida ikkinchi marta maydonga tushdi[7]. U Crew safidagi faoliyatini 2020-yil oktabr oyida boshlagan[8]. Umuman olganda, Morris MLS-2020 mavsumida Crew tarkibida oʻn bitta oʻyin oʻtkazgan[9]. 2020-yil, 12-dekabrda 2020-yilgi mavsumning oxirgi oʻyinida u MLS kubogi doirasida asosiy tarkibda maydonga tushib liga tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi va Crewning Seattle Sounders ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi[10].

2021-yilgi mavsum tahrir

Morris CONCACAF Chempionlar ligasining 16-turida Real Estelí klubiga qarshi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, Crew safida maydonga tushib 2021-yilgi mavsumidagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. Morris yana Real Esteli klubiga qarshi ikkinchi oʻyinni ham asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq Columbus klubiga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan oʻyinning toʻrtinchi daqiqada ACL jarohati tufayli, 2021-yil MLS mavsumini toʻliq oʻtkazib yubordi[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

Morris 2020-yil yanvar oyida AQShning 20 yoshgacha boʻlgan jamoasiga chaqirilgan edi[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil, 9-oktabr holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Columbus Crew 2020 Major League Soccer 10 0 1 0 11 0
2021 0 0 2 0 2 0
2022 27 0 1 0 28 0
Jami 37 0 1 0 2 0 1 0 41 0
Columbus Crew 2 2022 MLS Next Pro 3 0 3 0
Karyera jami 40 0 1 0 2 0 1 0 44 0

Yutuqlari tahrir

Indiana universiteti

  • Yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019[13]
  • Big Ten Menʼs Soccer turniri chempioni: 2019[14]

Columbus Crew

  • MLS kubogi: 2020

Manbalar tahrir

  1. „No. 8 Hoosiers Earn 3–1 Road Win at Northwestern“. Indiana University Athletics.
  2. „Morris Crowned Big Ten Player of the Week“. Indiana University Athletics.
  3. „Morris Collects Third Award of the Week“. Indiana University Athletics.
  4. „Columbus Crew SC signs Crew SC Academy product Aidan Morris“. ColumbusCrew.com (14-yanvar 2020-yil).
  5. „Columbus Crew SC signs Crew SC Academy product Aidan Morris“. ColumbusCrew.com (14-yanvar 2020-yil).
  6. @ColumbusCrewSC. „Homegrown 🏡 Now in the match: @sebaberhalter & @AidanZMorris #Crew96 | #CINvCLB | 0-4“ (12-iyul 2020-yil). Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.
  7. „Recap“. mlssoccer.com. Major League Soccer (16-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  8. „Aidan Morris provides a bright spot during the Crew's recent slump“. massivereport.com. Vox Media (10-oktabr 2020-yil). 2022-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2021-yil.
  9. „USA – A. Morris – Profile with news, career statistics and history – Soccerway“. int.soccerway.com. Soccerway.
  10. „Columbus Crew's Aidan Morris youngest ever to start, register assist in MLS Cup“. mlssoccer.com. Major League Soccer (12-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 3-iyun 2021-yil.
  11. Myers. „Crew unfortunate to lose bright, young player Aidan Morris, potentially for the year“ (inglizcha). The Columbus Dispatch (2021-yil 17-aprel). Qaraldi: 3-iyun 2021-yil.
  12. „New U-20 MNT Head Coach Anthony Hudson Kicks Off 2020 With 24-Player Training Camp, Two Games vs. Mexico“. www.ussoccer.com.
  13. „2019 Men's Division I Postseason Awards | College Soccer“. TopDrawerSoccer.com.
  14. „2019 Big Ten Men's Soccer Tournament“ (inglizcha). bigten.org. Qaraldi: 13-dekabr 2020-yil.