Ajam (arabcha: عجم) — 1) Oʻrta asr oʻn ikki maqom tizimidagi shoʻba. Musiqa risolalarida ajam Rahoviy maqomi, Bayoti Ajam – Navo maqomi, Navroʻzi Ajam – Hijoz maqomi shoʻbalari sifatida qayd etilgani maʼlum;

2) Oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlari mumtoz musiqa merosida mavjud cholgʻu va ashula asarlari. Jumladan, Shashmaqom turkumining Segoh maqomi cholgʻu boʻlimida Muhammasi Ajam qismi, ashula boʻlimida Navroʻzi Ajam shoʻbasi, Xorazm maqomlari turkumining Segoh maqomi ashula boʻlimida Nasri Ajam shoʻbasi, shuningdek Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari qatorida Navroʻzi Ajam kuyi, toʻrt qismli Ajam va uning taronalari cholgʻu turkumi bizgacha yetib kelgan va keng tarqalgan[1][2][3].

Manbalar

tahrir
  1. "Ajam (musiqa)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  3. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.