Ajdar
Ajdar, ajdarho, ajdaho — afsonaviy maxluq. 1) Turli xalqlar ogʻzaki ijodida qanotli, ogʻzidan oʻt purkaydigan ikki va undan ortiq boshli afsonaviy ilon obrazi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida yovuzlik timsoli. Doston, ertak, choʻpchak va boshqalarda bosh qahramon yoʻlida uchraydigan asosiy toʻsiqlardan biri va uni yengib oʻtish albatta shart qilib qoʻyilgan; 2) baʼzan haddan tashqari katta ilonlar (mas, boʻgʻma ilonlar ham) A. ga qiyos etiladi.

Adabiyotlar Tahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |