Mifologik obrazlar – xalq, ogʻzaki badiiy ijodiyoti, yozma adabi-yot va sanʼat asarlaridagi mifologik negizga ega boʻlgan asotiriy personajlar. Mifologik obrazlar muayyan voqeahodisaningjonlantirilgan timsoliy ifodasi boʻlib, voqelikning mohiyatini metaforik, ramziy va istioraviy holatda oʻziga koʻchiradi va uning shakliy tajassumi hisoblanadi.

Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy uydirma-fantaziya mahsuli boʻlib, koinot, tabiat va jamiyatdagi turli-tuman hodisalar, kad. odam tasavvurida mavjud boʻlgan gʻayrioddiy kuchlarning kelib chiqish sabablarini izohlashga xizmat qilgan. Badiiy tafakkur shakllangach, qad. mifologiyannig tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar adabiyot va sanʼatga koʻchgan. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari, „Alpomish“, „Kuntugʻmish“, „Rustamxon“ hamda „Goʻroʻgʻli“ turkumiga mansub dostonlar, oʻzbek xalq, afsonalari va ertaklaridagi Mifologik obrazlar shular jumlasidandir. Folklor va yozma adabiyotdagi Mifologik obrazlar badiiy talqinning toʻlaqonli chiqishi hamda poetik tafakkurning keng qamrovliligini koʻrsatish vazifasini bajaradi.

Oʻzbek folklorida „Avesto“ asotirlariga aloqador Kayumars, Anaxita, Axriman, dev, pari, ajdar; suv kulti bilan bogʻliq Hubbi, Sust xotin, Suv xotin, Chala xotin; shamol „piri“ si-fatida tasavvur qilingan Haydar, Yalli momo, Yalangʻoch ota, Choymomo; xalq taqvimiga aloqador Ayamajuz, Aziz momo, AhmanDahman; momaqaldirok, va chaqmoq „egasi“ Guldur momo; afsonaviy paxdavonlar sifatida tasvirlanuvchi Odami Od, Olangʻasar, Dorokoʻz; yovuz kuchlar haqidagi qarashlarni oʻzida ifoda etgan alvasti, yalmogʻiz kabi kupgina Mifologik obrazlar mavjud.

Adabiyot

tahrir
  • Sarimsoqov B., Zpik janrlar diffuziyasi //Oʻzbek folklorining epik janrlari, T., 1981; Joʻrayev M., Shomusarov Sh., Oʻzbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.

Mamatqul Joʻrayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil