Anaxita — zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik maʼbudasi. Qadimgi dehqonlar yogʻingarchilik va hosildorlikni A.ning moʻjizasi deb hisoblashgan. Qadimgi haykaltaroshlar A.ni bir qoʻlida anor yoki olma ushlab turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda A.ning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil