Ajdodlarga sigʻinish
Ajdodlarga sigʻinish — pa-triarxal ekzogam urugʻlarida shakllangan oila-urugʻ eʼtiqodlarining bir qismi. Ajdodlarga sigʻinishda urugʻ oqsoqollari va patri-arxal oilalarning boshliqlari asosiy rol oʻynagan. Ajdodlarga sigʻinishning turli shakllari mavjud boʻlgan. Ajdodlarga sigʻinish dafn marosimlari (oʻlgan kishilarning joni va ruhi haqidagi tasavvurlar), shaxsiy homiy ruxlarga, oila-urugʻ oqsoqol homiylariga sigʻinish kabilar asosida tarkib topgan. Ajdodlarga sigʻinishda ajdodlarning ruhlari urugʻning aʼzosi boʻlib qolishi, lekin ular odamlardan kuchli boʻlgani sababli urugʻning farovonligi shu ruhlarga bogʻliq, degan tasavvur katta ahamiyat kasb etgan. Bu ta-savvurlar obroʻ-eʼtiborli urugʻ oqsoqoli timsolini kabila xudosi darajasiga koʻtarish uchun gʻoyaviy asos boʻlib xizmat qilgan. Jamiyatda kishilarning ijti-moiy belgilariga koʻra tabaqalashuviga mos ravishda ajdodlar ruxlarining ham tabaqalashuvi sodir boʻladi, natijada qabila boshliqlari, urugʻ oqsoqollariga sigʻinish birinchi oʻrinni oladi. Buning asosida qadimgi dinlarda qahramonlarga sigʻinish, keyin esa avliyolarga sigʻinish vujudga kelgan. Turkiston xalqlari orasida ham bu odat keng yoyilgan. Hozir ham arvoxlarni eslash, arvohlarga sigʻinib 207ulardan madad soʻrash, ular uchun xudoyi qilish, is chiqarish kabi shakllarda na-moyon boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |