Ajina (arab. — jin) — turkiy xalqlar ogʻzaki ijodidagi demonologik salbiy obraz. A. yovuz ruhlar haqidagi animistik tushuncha, eʼtiqod mahsuli. Obraz sifatida kishilik jamiyati hali urugʻchilik bosqichida ekanligida shak-llangan. Ogʻzaki ijod namunalarida A. tashlandiq joy, chakalakzor, kimsasiz oʻtloqlarda uchraydi, asosan suluv qiz, chaqaloq, sochi yoyiq kampir, qoʻzichoq, echki qiyofalarida namoyon boʻladi, deyiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil